Xalq pedagogikasida ilm va uni egallashning afzalligi xususida Reja: 1. Etnopedagogika manbalarida ilm va ilm sohiblarining ulug'lanishi. 2. Etnopedagogikada didaktik g'oyalar. 3. Etnopedagogikada tarbiyaviy g'oyalar. Etnopedagogika manbalarida ilm va ilm sohiblarining ulug'lanishi Prezident I.A. Karimov: Biz iste'dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak,- . degan edi (Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchilar: Sh. Qurbonov va b. Toshkent, SHarq, 1998. -184 b.). Shunday ekan, kelajagi buyuk Vatanimizning baxtli sohiblarini insoniyat daholari yaratgan ilm-fan yutuqlari bilan qurollantirish davr talabidir. Buning uchun yosh avlod ongiga ilmning inson uchun, mehnat samarasini , Vatan va xalq qudratini oshirish uchun eng zarur omil ekanligini singdirish zarur. Bu ishda bizga xalq pedagogikasi yaqindan yordam bera oladi. Yosh avlodga aqliy tarbiya berish, ularning ongini ilm bilan qurollantirish barcha davrlarda xalqning diqqat markazida bo'lgan. Keng xalq ommasi o'tmishda ommaviy tarzda ilm egallash imkonidan mahrum bo'lsada, hamisha bolalarni ma'lumotli, fan yutuqlaridan xabardor kishilar qilib tarbiyalash orzusi bilan yashagan. Shuning uchun: Ilm - aql chirog'i, Ilmsiz ish topilmas, ishsiz qorin to'q bo'lmas singari maqollar yaratilgan. Xalq hamisha ilm - tafakkur quroli, dalillarni ma'lum maqsadga ko'ra o'rganish, tushuncha va qonunlarni o'zlashtirishdan iborat ekanligini tasavvur qilgan. Bu tushuncha va tasavvurlarda tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari aks etganligini bilgan. Ilmning ahamiyati xalqning bo'rttirilgan tarzdagi Ovqat topib yeyishning o'zi uchun o'n million turdagi bilim zarur, - degan maqolida yaxshi ifodalangan. Ushbu maqolda ilm-fan yo'nalishlari va turlari juda ko'p ekanligiga ishora qilingan. Etnopedagogika manbalarida ilm barcha boyliklardan ustun qo'yiladi, uning yordamida albatta baxtga erishish, dushmanni va turmush qiyinchiliklarini yengish mumkinligi ta'kidlanadi: Bilim puldan qadrli, qilichdan o'tkir, to'pdan kuchli, yoki: Bilim - aqlning yarmidir, - deyiladi. Xalq ommasi haqiqiy boylik moddiy buyumlarda emas, balki ilmni egallashda ekanligi targ'ib etiladi. Ularda ilm yirtilmas kiyimga, tuganmas buloqqa o'xshatiladi. Shuningdek, bilim qancha ko'p sarflansa ham u tugamaydi, balki ko'payib boradi. Ilmni o'ziga jo etuvchi ong shunday idishga o'xshaydiki, qancha ko'p ilm egallasang ham u kengayib boraveradi, lekin yorilib ketmaydi. Boylik ko'payganda esa uni sig'dirib bo'lmay qolish ham mumkin. Jamiyatda kishi odamlarni yangi kiyimi bilan emas, balki bilimi bilan hayratlantirish lozim deyiladi. Jumladan: Aqldan qimmatli narsa yo'q, Aql bozorda topilmaydi, Bilagi zo'r birni, bilimi zo'r mingni yiqar, Olamni quyosh, insonni bilim charog'on etadi va b Xalq pedagogikasida qadimdan ilm sohiblariga nisbatan hurmat, ehtirom ko'rsatish targ'ib etilgan. Ilmli kishilar ulug'langan. Hokimlar, shohlar o'z yonlarida ilmli kishilardan maslahatchilar saqlaganlar. Bilimni bolalikdan o'rgatish tavsiya etilgan. O'z bilimini boshqalarga o'rgatmaslik yomg'irsiz bulut ga qiyoslangan. Shuningdek, ilm o'rganish oqimga qarshi suzishga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.07 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.07 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: doc