Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmat. Ta'lim-tarbiya jarayonida psixodiagnostika metodikalaridan foydalinish Reja: 1. Halq ta'limi tizimida psixologik xizmat, uning maqsadi va vazifalari. 2. Maktabda psixologik xizmatning tashkil qilinishi va psixologning o'qituvchi bilan hamkorligi. 3. Psixologiya fanining tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Maktabdagi psixologik xizmat Respublika xalq ta'limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan bo'lim bo'lib, uning asosiy vazifasi maktabdagi psixologik xizmat konstepstiyasi va psixologik xizmat to'g'risidagi nizomga binoan har bir bolaning psixik va shaxsiy tomondan to'ra rivojlanishiga yordam beradigan sharoitlarni ta'minlashdan iboratdir. Bunday sharoitlarni yaratmaslik o'quvchilarning yosh va individual imkoniyatlarini o'z vaqtida ishga solishga halaqit beradi va psixologik-pedagogik korrekstiya zarurligiga olib keladi. Maktabdagi psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo'nalishlarini quyidagicha ko'rsatish mumkin: a) psixologik oqartuv ishlari; b) psixoprofilaktika; v) psixodiagnostika; g) psixik rivojlanish va psixokorrekstiya; d) psixologik maslahat; e) psixologik trening. a) Psixologik oqartuv ishlari-maktabning pedagogik jamoasini, o'quvchilarini va ota-onalarini psixologik bilimlarini egallashga jalb etishdan, o'quvchilar va ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli ma'ruzalarni uyushtirish lozimdir. b) Psixoprofilaktika-pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirishga va bu bilimlarni bola shaxsining kamol topishi hamda aqliy taraqqiyotida izdan chiqishi mumkin bo'lgan har qanday imkoniyatlarning o'z vaqtida oldini olishga qaratilishi lozim. v) Psixodiagnostika-maktab yoshi davrida psixologik-pedagogik tomondan chuqur o'rganib, ularning yakka psixologik xususiyatlarini ko'rsatib, mashg'ulot, o'qish hamda xulq-atvoridagi nuqsonlarning sabablarini aniqlab berishga qaratilishi lozim. g) Psixik rivojlanish va psixokorrekstiya; d) Psixologik maslahat-ishlari o'qituvchilar, ota-onalar, o'quvchilarning shaxsiy ishlari, kasbi va shu kabi boshqa aniq hayotiy muammolariga yordam berishga qaratiladi. Maktabdagi psixologik xizmatning asosiy vazifalari-tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iborat o'nta vazifadan tashkil topadi. e) Psixologik trening: Trening boshlanishidan avval trening qatnashuvchilari tomonidan o'zining chaqiruv (karton qog'ozcha)lari to'ldiriladi, ya'ni treningda foydalaniladigan ismini yozadi. Qatnashuvchi o'zini xohlagan ismini, do'stini yoki tanishlaridan birini ismini, taniqli siyosatchi yoki taniqli san'atkorimi, yoki bo'lmasa sizga yoqqan mashhur insonning ismimi, kim bo'lishidan qat'iy nazar tanlashda erkinlik mavjud. Ismi katta harflar bilan aniq qilib yoziladi, chaqiruvchi kiyimi ustiga to'g'nag'ich bilan shunday qistiriladiki, uni hamma ko'ra olishi va oson o'qiy olishi kerak. Shu paytdan boshlab, treningda qatnashuvchilar trening davomida bir-birlariga shu ism bilan murojaat qiladilar. Qatnashuvchilar bir-birlari bilan tanishib olishlari uchun, rahbar yoki o'yinni olib boruvchi, trener, 3-5 daqiqa vaqt ajratishi lozim. Xalq ta'limi Vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazi psixologik xizmatini tashkil etish va boshqarishga muvofiqlashgan markaz tariqasida xizmat qiladi. bu markaz tarkibida psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3-5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlar bo'lishi zarurdir. Viloyat xalq ta'limi boshqarmalari, Qoraqalpog'iston xalq ta'limi Vazirligi va Toshkent shahar xalq ta'limi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.02 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.02 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: doc