Xitoyda ta'lim tizimi va menejmenti

Xitoyda ta'lim tizimi va menejmenti

O'quvchilarga / Pedagogika
Xitoyda ta'lim tizimi va menejmenti - rasmi

Material tavsifi

Xitoyda ta'lim tizimi va menejmenti Xitoy haqida umumiy ma'lumot Oxirgi 25 yil ichidagi Xitoy iqtisodiyotining o'sishi ( yiliga o'rtacha 9%) uning jahon maydonidagi nufuzli o'yinchilardan biriga aylanishiga olib keldi. Hozirda Xitoy -dunyodagi ulkan bozorga ega bo'lgan yirik rivojlanayotgan mamlakat bo'lib, BMT Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a'zosidan biridir. Ta'lim tizimi Xitoy aholisi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi, shuning uchun u yerdagi ta'lim oluvchi fuqarolarning soni ham boshqa davlatlarnikidan ancha yuqori. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, 2012-yilda Xitoyda 230 milliondan ortiq fuqaro turli darajada ta'lim olgan. Xitoyda majburiy ta'lim 1986-yilda kiritilgan davlat ta'lim programmasiga muvofiq, barcha fuqarolar minimum 9 yoshdan maktabda o'qishi majburiy. Majburiy ta'lim tizimi tufayli Xitoyda aholi savodxonligi darajasi oxirgi o'n yillikda yanada yuqori ko'rsatkichlarga erishdi: erkaklar o'rtasida - 96%, ayollar o'rtasida - 88%, 2012-yilda umumiy ko'rsatkich - 93,3%ni tashkil etdi. Xitoyda ta'lim tizimi Maktabgacha ta'lim 3-6 yosh Majburiy ta'lim 6-18 yosh Oliy ta'lim 18 yoshdan Katta yoshdagilar uchun ta'lim Boshlang'ich ta'lim 6-12 yosh O'rta ta'lim 12-18 yosh Professional boshlang'ich ta'lim 12-15 yosh Professional o'rta ta'lim 15-18 yosh Maktabgacha ta'lim Xitoyda maktabgacha ta'lim muassasalari bolalar bog'chalari hisoblanadi. Ular esa o'z navbatida ikkiga bo'linadi:  Davlat bog'chalari  Xususiy bog'chalar Hozirgi kunda bolalar bog'chalarining umumiy soni mamlakatda 150 mingni tashkil etadi. Xitoyda majburiy ta'lim ikkiga bo'linadi: boshlang'ich ta'lim o'rta ta'lim. O'rta ta'lim esa o'z navbatida o'rta maktab va o'rta professional-texnik maktablarga bo'linadi. Boshlang'ich ta'limda bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi va to'liq kun mobaynida o'qishadi. Boshlang'ich maktabni tugatgan o'quvchilar imtihonsiz o'rta maktabga qabul qilinadi. O'rta maktablar O'rta maktablar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: birinchi bosqich; ikkinchi bosqich O'rta maktabning birinchi bosqichidagi ta'lim Xitoyda majburiy hisoblanadi. Lekin Xitoyda o'rta maktabning 2- bosqichi va oliy ta'lim xohishiy hisoblanadi. O'rta maktabda nisbatan rivojlangan maktablar professional texnik rivojlangan maktablardir. Bunday maktablarda asosiy e'tibor ma'lum kasb-hunarning amaliy va nazariy jihatlariga qaratiladi. Xitoyda oliy ta'lim Oliy ta'lim muassalarida o'qish sentabrdan boshlanib,9,5 oy davom etadi va ikki semestrdan iborat. Ta'til yanvardan fevralgacha va iyuldan avgustgacha davom etadi. O'qish haftaga 5kun, ertalabdan tushlikkacha davom etadi. Xitoy oliy o'quv yurtlariga yotoqxona bilan bog'liq muammolar umuman yo'q. Shunga qaramasdan, har bir davlatda bo'lganidek, Xitoyda ham ta'lim sohasida ma'lum muammolar mavjud. Ta'lim sohasida mashhur mutaxassis Chju Yunsin ta'kidlaydiki: Bizga ko'p narsa yetishmaydi: moliyalashtirish yetishmaydi, tajribali kadrlar yetishmaydi, eng asosiysi insonparvarlik yetishmaydi. Hozirgi paytda mamlakatda jen vey ben dasturi tashkil etilmoqda, uning asosida asosiy qadriyat sifatida inson manfaatlari yotadi. Ammo bu dasturni to'liq qo'llashga hali ancha vaqt kerak bo'ladi. Xitoyda oliy ta'lim Xitoy Xalq Respublikasida ta'limning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.52 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.52 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga