XIV - XVI asrlarda Movarounnahrda maktab va pedagogik g'oyalar Reja: 1. Kirish 2. Amir Temurning Movarounnahr madaniyati ravnaqidagi roli. 3. Amir Temur va temuriylar davrida maktab va ta'lim-tarbiya. 4. Maktab va tarbiyaviy ishlar. 5. Madrasa o'quv kursining mazmuni. 5. Amir Temur - komil inson axloqi haqida. Kirish Amir Temurning Movarounnahrda fan, ma'rifat va madaniyat sohasidagi say-harakatlari jahon taraqqiyoti tarixida Musulman renesansi deb atalgan ilmiy, ma'rifiy va madaniy yuksalishiga olib keladi. Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, Jamshid Qoshiy, Ali Qushchi, Jomiy, Navoiy, Behzod, Bobur va Boburiylar ana shu sharq yuksalishi avj olgan davr farzandi edilar. Mazkur ma'ruza matnida Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar baholiqudrat yoritilgan, Amir Temurning ilm-fan maorif madaniyat ravnaqi yo'lidagi tadbirlari, uning Mirzo Ulug'bek, Shoxrux Mirzo, Husayn Boyqaro va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirilishi haqida so'z yuritiladi. Ishda islom dini, uning mamlakat ilm-fan, maorifi taraqqiyotiga ta'siri ham yoritiladi. «Amir Temur - buyuk shaxs,- deb yozadi akademik B.Axmedov - kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli memor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini sevgan va uni mashhur qilgan inson».1 Yetti iqlim Sohibqironi, 27 mamlakatni birlashtirib Buyuk saltanatni vujudga keltirgan Movarounnahr Amir Temur va Xurosonda madaniyat, ilmu-ma'rifat, ta'lim-tarbiyani yanada rivojlantirib uni dunyoga tanitadi. U haqiqatdan ham ko'p qirrali aql, salohiyat egasi, donishmand bo'lgan. Uning shaxsi haqida Prezidentimiz I.A.Karimov: «Muhammad Tarag'ay Bahodir o'g'li - Amir Temur yoshlik chog'laridan mard, dovyurak, g'ururli, o'tkir zehn va idrok egasi bo'li6 o'sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san'atni egalladi»,- deb aytgan edi. Quron Karimni yod oldi. Hadis ilmini o'rgandi. Imon-e'tiqodli, halol pok inson bo'lib etishdi. Amir Temur mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirgan, o'z etiborini ma'rifat, fan va madaniyatning taraqqiyotiga qaratdi. Shu maqsadda Amir Temur saltanat markaziga dunyoga mashhur olimu fuzalo, muhandisu-quruvchi, islom dinining atoqli ulamolariyu tadqiqotchilarining, fikh ilmi olimlari, san.atkoru-ma'rifatchilar, shoiru-shuarolarni yig'di. Ularning samarali faoliyatlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi. Masjid, madrasalar, kutubxonalar qurdirdi. Ilmni o'stirdi. ta'lim-tarbiya tadbirini mazmunan rivojlantirdi. Uning bu sohadagi ishlarini o'z davridayoq dunyoning Osiyo, Yevropaqitalari bir qator mamlakatlarida etirof etgan, quvvatlangan va undan o'rnak olgan edilar. Ayniqsa, Sohibqironning ilm-fan, madaniyat, ta'lim-tarbiya (pedagogika) ga oid g'oyalari shu xunlarda butun jahon xalqlari diqqatini o'ziga qaratmoqda. 1996 yil 26-aprelda Parijda YuNYeSKO doirasida «Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning ravnaqi» mavzusida xalqaro anjumanning o'tkazilishi va Ushbu mavzudagi ko'rgazmaning tantanali ochilishi, unda Respublika Prezidenti I.Karimovning ishtirok etishi va ma'ruza qilishi fikrimizning yorqin dalilidir. I.Karimov «Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning ravnaqi» mavzusida qilgan ma'ruzasida «Amir Temur qudratli va gullab yashnagan davlat barpo etib, o'rta asr ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.44 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.44 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc