XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikr taraqqiyot Qariyb bir yarim asr davomida mo'g'ullar istibdodi ostida xonavayron bo'lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo'g'ul istilochilari zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo'lgan intilish g'olib keldi. Mo'g'ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo'zg'oldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo'zg'olonlari ro'y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo'g'ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o'rin egallaydi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki, bu davr madaniyati o'z tamoyillari, yo'nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IXXII asr madaniyatining davomi sanaladi. Shu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi Sharq Uyg'onish davri madaniy ravnaqini IXXII asrlardagi madaniy rivojlanishidan ajratib olib ko'rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o'sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko'plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san'atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm- ma'rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o'rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo'g'rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sadiy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o'rganishga havas kuchaydi. Shuni takidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Hirot shaharlari madaniyat, ilm-ma'rifat markaziga aylandi. Amir Temur saltanatni bino qilish va uni mustahkamlash uchun juda katta xizmat qildi. Ana shunday buyuk xizmatlaridan eng muhimi mamlakatda ta'lim tizimini rivojlantirish sohasiga qaratilganligi edi. Chunki uning e'tiqodiga ko'ra bilimdon va tadbirkor insongina mamlkatning rivojlanishiga hissa qo'sha oladi. Shuning uchun ham sohibqiron bilimli va ishbilarmon, tadbirkor kishilarni tarbiyalashga katta etibor beradi. Bu borada ta'lim tizimining o'ziga xos o'rni bo'lishi kerakligini anglagan holda maktab va madrasalar qurdiradi. Saltanat poytaxti Samarqand atrofida o'n ikki bog' va qasr yaratadi, shahar arki Ko'ksaroy, uning atrofida esa Bo'stonsaroylar bino etadi. Jome masjidi, maqbaralar, memoriy yodgorliklar qurdiradi. Bu ishlarga faqat Amirning o'zi emas, uning atrofidagi yaqinlari ham turli madrasalar qurishga bosh-qosh bo'ladilar. Bulardan Amir Temurning amirlaridan Idigu Temur, mavlono Qutbiddin, umr yo'ldoshi Saroymulkxonim, nabirasi Muhammad Sultonlar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.25 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.25 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc