XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar (Amir Temur, Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur)

XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar (Amir Temur, Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur)

O'quvchilarga / Pedagogika
XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar (Amir Temur, Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur) - rasmi

Material tavsifi

XIV-XVI ( 14-16 ) asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar (Amir Temur, Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Boburlarning ta'lim- tarbiya sohasidagi xizmatlari) RYeJA: 1.XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. 2.Soxibkiron Amir Temurning ma'rifiy qarashlari va uning pedagogika fanida tutgan o'rni. 3.Mirzo Ulugbekning ilmiy merosi va uning ta'limiy-tarbiyaviy qarashlari. 4.Zahiriddin Muhammad Boburning ma'rifiy-axloqiy qarashlari. Tayanch tushunchalar: «Markazlashgan davlat»; «Madrasa va maktab», «ilm-fan», «madaniyat, san'at», «Amir Temur tuzuklari», «Ziji Ko'ragoniy», «Ulug'bekning ta'lim islohatlari», «Boburnoma», «Esdaliklar» 1.XIV-XVI asrlarda asrlarda Movaunnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Tarixdan bizga malumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnahr mo'g'ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan- madaniyat, ma'rifatga juda katta putur etkazildi. Xonavayron bo'lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib Mo'g'ul istilochilari zulmidan kutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo'lgan intilish g'olib keldi. Mo'g'ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo'zg'aldi, Samarkand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo'zg'alonlari ro'y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat xatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. XIV asrning o'rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o'rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qatiyatsizlik avj oldi. hokimlar o'rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo'linib ketdi. Beklar va amirlar o'rtasida o'zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi. Shunday og'ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og'ir yukini Amir Temur o'z elkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og'ir kurashdan so'ng mamlakatni mo'g'ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir Temur sayi harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o'rtasida nizolarga barxam berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog'i ostida birlashtirildi. Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barxam berildi, mamlakat mo'g'ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar xukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o'rin egalladi. Markazlaiaan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun xam tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o'rta Osiyoda sharq o'yg'onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. Amir Temur xukmronligi davrida jahonning ko'plab shaharlaridan Samarqandga hunarmandlar, san'atkorlar, muhandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-ma'rifat, madaniyat va qurilish jabhalarida keng foydalanildi.Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar, bog'u-rog'lar, madaniyat o'chog'lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o'rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo'g'rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, huquqiy, targ'ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.8 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.8 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga