XIV-XVII asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr

XIV-XVII asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr

O'quvchilarga / Pedagogika
XIV-XVII asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr - rasmi

Material tavsifi

XIV-XVII asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr Reja: 1. Amir Temur dvrida Movarounnahrda ilm-ma'rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati. 2. Abu Lays as- Samarqandiyning «Bo'ston ul orifin» asarida ilm- ma'rifat haqidagi fikrlari. 3. Mirzo Ulug'bekning ilmiy-ma'rifatparvarlik faoliyati. 4. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari. 5. Z.M. Boburning ma'rifatparvarlik g'oyalari. 6. Jaloliddin Davoniyning pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi 1. Amir Temur dvrida Movarounnahrda ilm-ma'rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati. Temuriylar hukmronligi davri 1370 yildan Temur hokimiyat tepasiga chiqqan davrdan boshlanib, 1507 yil Shayboniyxon (20 may) Hirotni egallashi bilan tamom bo'ldi. Bu davr O'rta Osiyo xalqlari shu jumladan, o'zbek xalqi madaniyati ilm-fani, maorifi, san'ati va adabiyoti tarixiy taraqqiyotining yangi va sermahsul bir davridir. Bu davrda O'rta Osiyo xalqlari ilm-fan, maorif, me'morchilik, adabiyot, tasviriy san'at, naqqoshlik, muzika va boshqa sohalarda juda katta hissa qo'shdilar. Shu jihatdan ko'zda tutib tadqiqotchilar bu davrni Sharq repessansi - Uyg'onish davri deb aytadilar. Iqtisodiy va madaniy sohadagi bu rivojlanish davlatning barpo qilinishi bilan chambarchas bog'liq edi. Xalq ommasini mug'ul zulmiga qarshi ozodlik hukumatidan foydalanib, u Movarounnahrdan tashqari bosqinchilik urushlari natijasida Eron, Iroq, Ozarbayjon va Hindistonning shimoliy qismini o'ziga itoat qildirdi. Shunday qilib, O'rta yer dengizidan to Xitoy chegarasigacha cho'zilgan katta imperiya vujudga keltirildi. Teumr qattiqqo'llik bilan o'zaro ichki urushlar va feodal tarqoqlikka chek qo'ydi. Temur o'zi zabt qilgan mamlakatlarning son-sanoqsiz boyliklari bilan hunarmandlari usta va me'morlarini ham Samarqandga olib keldi. Bularning kuchi va mahalliy ustalarning ishtiroki bilan shaharlarda masjid, madrasa va madaniy-maishiy binolar barpo etdi. Ayniqsa, Samarqandning qiyofasi tubdan o'zgardi. Unda azim va ko'rkam binolar, bog'lar va saroylar, ko'priklar va kanallar paydo bo'ldi. O'sha davrda O'rta Osiyoning qo'shni va Sharq va G'arb mamlakatlari bilan savdo elchilik munosabatlari rivojlandi. Temurni jahonga mashhur qilgan 2 g'alabasi: To'xtamishxon va Yldirim Boyazid. Temur vafot etishi bilan (1405 yil) uning davlati parchalanib ketdi, ko'p o'lkalar undan ajralib chiqdi. Temurning vorislariga Xuroson va Movarounnahr qoldi. Xuroson va Movarounnahr taxti uchun qattiq kurash boshlanib ketdi. Uzoq davom etgan qonli kurashlardan keyin 1409 yilda taxtga Shohruh chiqdi. U Xurosonni o'ziga qoldirib, Movarounnahrni o'g'li Ulug'bekka berdi. 1447 yilda Shohruh vafot etdi. 1449 yilda Ulug'bek yovuzlarcha o'ldirildi. Taxt-toj kurashlari yanada kuchaydi. Nihoyat, 1450 yillarga kelib bu kurash bir muncha pasaydi. Xuroson Abulqosim Bobirga Movarounnahr Abusaidmirzoga o'tdi. Abulqosim Bobirga vafotidan keyin Xurosonni ham mustabid va johil Abusaid egallaydi. U 1469 yilda G'arbiy Eronga hujum qilib jangda engilib halok bo'ldi. Ko'p yillar davomida taxt-toj uchun kurashib kelgan Sulton Husayn Boyqaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.17 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.17 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga