XIX asrning 80-90 yillarida Turkistondagi shoshlang'ich maktash sohasidagi ijtimoiy pedagogik fikrlar Reja: Kirish Abdukodir Shakuriy Ismatulla Raxmatullaev Saidaxmad Siddikiy Saidrasul Aziziy IX asrning 80-yillarida chorizmning xalq manfaatiga qarama-qarshi mustamlakachilik siyosati sinfiy ziddiyatlarni yanada keskinlashtirdi. 1886 yilda tasdiqlangan Turkiston o'lka-sini boshqarish to'g'risid nizom xalqni, ayniqsa, dehqonlarni ayanchli ahvolga soldi. Bunday og'ir sharoitda Turkistonda ilg'or ziyolilar ijtimoiy harakatlarni boshlab yubordilar. Bunday hara-katlarda Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, Anbar otin, Dilshoda Barno, Asiriy, Avaz O'tar va boshqalar faollik ko'rsatdilar. Ijtimoiy-ma'rifiy harakat vakillari avvalo xalqni Rossiyaning madaniyatini o'rganishga davat etishga undalar edi. Lekin ular o'zbek xalqining kamsitilishiga murosasiz kurashdi-lar. Anbar otin Noyibto'ra ayoli Yekaterinaga sarlavhali sherida shunday yozgandi: Singiljon hamsoya bo'ldik sirni pinhon etmagil. O'zbeku g'ayriya bu deb, millat isyon etmagil. Pokiza ustolda o'tirmoq, ajab bergay shuku, Bu faqat bizlarga xos deb, fikri nodon etmagil. Xamnafas sanga noib, nasihat aylag'il, Sart millatlarni xo'rlab, chashmi giryon etmag'il. ma'rifatparvar shoiraning yuqoridagi sheridan malumki, u mehnatkashlarni ezishga va ularga ko'rsatilayotgan zulmga qarshi isyonkor bo'lgan. Markaziy Osiyo Rossiya mulkiga aylanganidan keyin Rossiya hukumatida uning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'rifiy taraqqiyoti uchun ilmiy, ma'rifiy ish olib borishga zarurat tug'ilgan. Natijada ayrim iqtidorli olimlar bu o'lkadagi barcha ishlarni o'z qo'llariga olganlar. O'lkaning tabiiy geografiyasi olim, sayyoh N.A.Severo'ov, A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov, tarxichi V.Bartolüd, N.I.Vasilevskiylar tomonidan ilmiy tadqiq qilina boshlandi. O'lkani o'rganish va tibbiyot jamiyatlari mahalliy xarakterga ega bo'lib, ularning ko'pi Rossiya miqyosidagi jamiyatlarning bo'limla-ri edi. Turkiston o'lkasida hammasi bo'lib 15 ta ilmiy jamiyat ishlagan. Ularda olimlar tarix, sharqshunoslik, arxeologiya, tibbiyot va boshqa fanlar bo'yicha ilmiy kuzatishlar olib bordilar. Natijada Turkistonning tarixiy taraqqiyoti, san'ati, madaniyati va maorifiga doir ma'rifiy xarakterga ega bo'lgan ko'plab ilmiy ishlar yaratildi. XIX asrning 80-yillarida Chor Rossiyasining Markaziy Osiyo xalqlarini ruslashtirish siyosatiga doir chora-tadbirlari xalq-ning noroziligini kuchaytirdi. O'sha paytlarda tashkil etilgan rus maktablarida qisman o'zbek, tojik, qozoq bolalari ham o'qir, lekin ularning soni nihoyatda kam edi. Ota-onalar mazkur maktab-larda islomiyadan ta'lim-tarbiya berilmaganligi sababli ulardan o'z bolalarini olib keta boshlaganlar. Shunga ko'ra, Turkiston mamurlari musulmon ruhoniylari bilan hamkorlikni mustahkam-lash uchun maktablarda yangicha mazmunli ta'limni joriy etishni maqul ko'rdilar. 1884 yilning dekabrida yangi va eski shahar oralig'ida yangicha rus-tuzem maktabi ochildi va asta-sekin bunday maktablar Samarqand, Farg'ona viloyatlarida ham tashkil etila boshlandi. Mazkur maktablardagi o'qitish tartibi quyidagicha edi: Rus-tuzem maktablarida o'qish odatda 1 sentyabrdan boshlanib, 20 mayda tugar edi. Turkistonning barcha maktablari uchun 1895 yilda mashg'ulotlar jadvali tuzildi. Barcha rus-tuzem maktablarida 4 soatdan dars bo'lib, o'qish erta soat 9 dan boshlanib bir yarimda tugar edi. Bir bosqichli rus-tuzem maktablarida birinchi, ikkinchi, uchinchi va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.12 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.12 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc