XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida ta'lim-tarbiya

XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida ta'lim-tarbiya

O'quvchilarga / Pedagogika
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida ta'lim-tarbiya - rasmi

Material tavsifi

XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida ta'lim-tarbiya Reja: Markaziy Osiyoda Rossiyaga karam qilinishi boshlang'ich diniy maktablar Kizlar maktabi Axmad Donish ZOKIRJON XOLMuhammad FURQAT Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g'oyasi Petr I dan boshlangan edi. 1712 yildan Rossiya imperiya deb elon qilindi. Imperiya boshqa davlatlarni bosib olib, o'z qomatini rostlash evaziga bo'ldi. Unda 81 guberna, 20 viloyat, 931 shahar mavjud bo'lib, ularda 100 dan ortiq xalqlar, elatlar istiqomat qilardi. Bulardan 57 foizini rus millati tashkil qilar edi. Petr I vafotidan so'ng Yekaterina hukumati Markaziy Osiyo bilan aloqani yanada mustahkamladi. Buxoro amiri Shohmurod Ernazarning Peterburgga elchi qilib yuborilishidan xabardor bo'lgan Yekaterina elchi sharafiga Ernazar elchi madrasasi qurilishi uchun 134 ming so'm pul ajratgan. Nikolay II taxtga o'tirgach, tezlik bilan Markaziy Osiyoni o'ziga bo'ysundirishga intildi. Shunday qilib, XIX asrning 60-yillari boshida Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni bosib olishga tayyorgarlik ko'ra boshladi. 1864 yil boshida Verniy (Almati) qalasidan chiqqan 2500 kishilik Chernyaev askarlari 4 iyunü kuni Avliyoota, so'ngra Turkiston shaharlarini egallab, biri Samarqandda, biri Turkistonda bo'lgan Amir Temur va Yassaviy maqbaralarini to'pga tutdi. Chimkent, Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlari esa Rusiya bilan tuzilgan bitimga imzo chekib, unga bo'ysundi. Shu tariqa 1876 yilda butun Markaziy Osiyo Rossiya tasarrufiga o'tadi. Markaziy Osiyoda Ruslar hukmdorligi boshlanishi bilan xalq o'zining milliy merosi, qadriyati va g'ururidan mahrum bo'la bosh-ladi. Turkiston general gubernatori fon Kaufman imperatorga yo'llagan bir maktubida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ijtimoiy taraqqiyoti uch yuz yil orqaga surib yuborilganini maqtanib yozgan edi. Inqilobdan oldin masjid va madrasalardagi kitoblar, noyob qo'llanmalar yondirib tashlandi, bir qismi Peterburgga olib ketildi. Shuni takidlash kerakki, o'sha davrda taniqli olimlar rahnamoligida etnografiya, tarixiy va arxeolo-gik ekspedio'iyalar uyushtirildi, muzey, kutubxonalar tashkil etil-di. Markaziy Osiyoda dunyoviy bilimlarni tarqatish maqsadida maktablar tashkil etildi. Qator zabardast olim, shoir va mari-fatparvarlar xalqning ruhiyatini ko'tarish uchun unga murojaat qildilar. Chunonchi, alloma A.Fitrat xalqqa qarata: Ey ulug' Turon, arslonlari o'lkasi! Senga ne bo'ldi? Xoling qalaydur! Ey Temurlarning, O'g'uzlarning oilalarining shonli bolalari! Qullik chuqurlariga nedan tushding! qabilidagi jangovar satrlarni xitob qilgandi. Ona Turkistonni mustamlakachilik zulmidan qutqarish ma'rifatparvarlarning ijodiy shioriga aylandi. Muqimiy, Avaz, Fitrat, Anbar otin, Dilshoda Barno, Ahmad Donish, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat kabi ma'rifatchilar ana shular jumla-sidandir. Chor Rossiyasi bosib olgunga qadar Markaziy Osiyoda quyidagicha maktablar bo'lgan edi: 1. Boshlang'ich diniy maktablari (xalq bolalari uchun) Turkis-tonda keng tarqalgan maktablardan biri boshlang'ich diniy maktab edi. Shahar maktablarida o'quvchilar soni 20-30 taga, qishloq joy-larida esa 10-15 taga etar edi. O'qishga 6 yoshdan qabul qilinib, 14 yoshda, bolalarning o'zlashtirishiga qarab 17-18 yoshlarda ham tugatar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.8 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.8 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga