Xodim shaxsi va uning kasbiy mahoratini shakllantirishning pedagogik asoslari

Xodim shaxsi va uning kasbiy mahoratini shakllantirishning pedagogik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Xodim shaxsi va uning kasbiy mahoratini shakllantirishning pedagogik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Xodim shaxsi va uning kasbiy mahoratini shakllantirishning pedagogik asoslari Reja: Ichki ishlar organlari xodimlarining pedagogik madaniyatiga umumiy tavsif. Kasbiy buzilishlarni oldini olishning pedagogik asoslari. Xodimlarning o'zini o'zi tarbiyalashi - shaxsni rivojlantirishga yo'naltirilgan maqsadli jarayon. Tarbiyaviy-profilaktik vazifalarning samaradorligiga ta'sir etuvchi kasbiy muhim xislatlar. Ichki ishlar organlari xodimlarining pedagogik madaniyatiga umumiy tavsif Madaniyat har bir millatning rivojlanishi, ma'naviy boyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlari hamda milliy mafkurasi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib, insonning moddiy va ma'naviy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Madaniyat keng qamrovli tushuncha bo'lib, inson amaliy faoliyatida yuzaga keladigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar yig'indisidir. Madaniyatning qiymati mutafakkirlar faoliyati va qoldirgan merosi bilan o'lchanadi. Ichki ishlar organlari faoliyatida xodimlarning dunyoqarashini shakllantirishda madaniyat va qadriyatlarimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Xodimlarning madaniyati, madaniy saviyasi xizmat faoliyatida, kasbiy qobiliyatida hamda o'zaro munosabatlar jarayonida yaqqol namoyon bo'ladi. Shu nuqtai nazardan madaniyat nafaqat ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyatida, balki umumiy tarzda inson va jamiyatning o'zgaruvchanlik faoliyatining barcha turlari va sohalarida namoyon bo'ladi, boshqacha aytganda ana shu faoliyat natijalari majmuidir. Shu o'rinda IIV tomonidan 2011-yil 4-iyulda qabul qilingan «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati haqida»gi 96-sonli buyrug'i ham kasbiy faoliyatda foydalanishga o'ziga xos o'rinni egallaydi. Madaniyat ichki ishlar organlari xodimlarining shaxsiy hayoti va faoliyatining turli ko'rinishlarida hamda ular yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklarda namoyon bo'lar ekan, demak xodimlarning taraqqiyotini, moddiy va ma'naviy hayot darajasini belgilab beruvchi omillardan biridir. Pedagogik madaniyat murakkab ijtimoiy jarayon bo'lib, nazariya va amaliyotni hamda ilg'or tarbiya tajribasini oliy darajada o'rganish va qo'llashni taqozo etadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining pedagogik madaniyati quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: pedagogik yo'nalish; milliy mafkura; psixologik va pedagogik eruditsiya; siyosiy va axloqiy bilim; emotsional, etik va estetik bilim; yuqori darajadagi pedagogik mahorat; kundalik xizmat faoliyatidagi intizom; tashkilotchilik va tashabbuskorlik; pedagogik jihatdan yo'naltirilgan muomala va axloq; o'ziga nisbatan jiddiy talabchanlik; o'z ustida ishlash, ma'naviy dunyosini doimiy boyitib borish; 12) o'zini jismoniy va aqliy tomondan rivojlantirish. Ichki ishlar xodimlari pedagogik madaniyatining yuqori darajadagi ko'rinishlaridan biri kasbiy pedagogik mahorat bo'lib, u o'zida muayyan shaxsiy sifatlarni, qobiliyatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. Kasbiy pedagogik mahorat tushunchasi kecha yoki bugun yuzaga kelgan emas, balki uning genezisi uzoq yillarga borib taqaladi. Pedagogik mahorat yillar davomida shakllangan bo'lib, xodimning kasbiy mahoratini namoyon qiladi. Pedagogik mahorat - ta'lim beruvchining ustoz-murabbiylik fazilatlari, ta'lim-tarbiya berish kasbining sirlarini chuqur egallaganligi, insoniylik iste'dodi hamda intellektual salohiyati va shu kabilar asosida undagi kasbiy ta'lim, tushuncha, ko'nikma va malakalarning mukammal shakllangan kasbiy faoliyatidir. Pedagogik mahorat ta'limni ham, tarbiyani ham o'zida qamrab oladi. Ta'lim bilim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.8 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.8 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga