Xorijiy jurnalistika va publitsistika tarixi tushunchasi (G'arbiy Yevropava Amerika mamlakatlari misolida)

Xorijiy jurnalistika va publitsistika tarixi tushunchasi (G'arbiy Yevropava Amerika mamlakatlari misolida)

O'quvchilarga / Pedagogika
Xorijiy jurnalistika va publitsistika tarixi tushunchasi (G'arbiy Yevropava Amerika mamlakatlari misolida) - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy jurnalistika va publitsistika tarixi tushunchasi ( G'arbiy Yevropava Amerika mamlakatlari misolida) Reja: 1. «Publitsistika » tushunchasi va uning izohi. 2. Qadimgi Yunon rivoyatlarida xabarchilar haqida o'ziga xos ma'lumotlar. 3. Og'zaki va yozma nutq haqida ma'lumot. 4. Kundalik matbuotning paydo bo'lishi. Har qanday ijtimoiy hodisani o'rganishda avvalom bor uning tarixiy asoslarini hisobga olish va ushbu hodisa qanday paydo bo'ldi, qanday rivojlandi, qanday asosiy bosqichlarni bosib o'tdi va hozir qanday holatda ekanligiga etibor berish muhimdir. Olimlarning «Publitsistika»so'zi haqidagi turli tushuncha va izohlarini keltirish mumkin. Lekin ularning barchasi ushbu so'z tagida ayni paytdalik, dolzarblilik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan fikrga etiborni jalb etish kabilarni tushunishadi. Ijtimoiy munosabatlarni o'zida aks ettirgan publitsistikaning paydo bo'lishini insoniyatning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi bilan birgalikda o'rganishni taqoza etadi. Umuman zamonaviy tipdagi birinchi gazetalarning paydo bo'lishi bor-yo'g'i XVII asrga borib taqaladi. Lekin ijtimoiy axborotlar bilan insonlar bir-birini xabardor qilib turish juda uzoq tarixga ega. U insonning o'zi kabi qadimiydir. Qadimgi Yunon rivoyatlariga ko'ra xudolar xudosi Odinning elkasiga ikkita qarg'a o'tirib olib, nima ko'rgan va eshitgan bo'lsa shivirlab aytishar ekan. Ularning birini Xugin (o'ylovchi)va mugin ( xotirlovchi) deb aytisharqan. Odin ularni tong paytida butun dunyo ustidan aylanib uchib kelishga yuborar va ertalabki nonushtaga qaytib kelib uni barcha yangiliklardan xabardor qilar ekan. Haqiqiy manodagi kundalik matbuotning paydo bo'lishi XVII asr Reformatsiya davriga to'g'ri keladi. Tugab borayotgan feodalizm dunyosini diniy qarama- qarshiliklar emirayotgan va uning o'rnini kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari egallay boshlagan edi. Eng asosiysi bu davrda keng xalq ommasining siyosiy faolligi uyg'otib yuborilgan edi. Siyosiy va ijtimoiy ko'tarishlar davrida bosma publitsistik so'zning odamlar ongi va sxatti-harakatiga, ijtimoiy faoliyatining faollashuviga va siyosiy harakatlarda qatnashuviga ta'siri beqiyos darajada o'sdi. Bu ta'sir ayniqsa XVII Angliya burjua revolyutsiyasi va XVII asr buyuk fransuz burjua revolyutsiyasi davrida yaqqol sezilib qoldi. O'sha davr voqealari, orzu umidlari, umidsizliklari xalq qo'shiqlarida, hikoyalarida, voqealarida o'z aksini topdi va ular ko'plab nusxada bosib chiqarila boshladi. «Uchib yuruvchi varaqalar» davrning tezkor darakchilariga aylana boshladi va ular Bazelda, Tsyurixda, Strasburgda, Mayntsda, Erfrutda, Breslauda, Leyptsikda, Vyuyurtenburgda, Drezdenda, Augsbergda, Nyurenburgda nashr etila boshladi. Publitsistikaning yorqin ko'rinishlari ayniqsa Angliyada 1644 yilgi inqilob va uzoq muddatli parlament davrida paydo bo'ldi. Buyuk fransuz burjua revolyutsiyasi davrida gazetalar oddiy idoralardan jamoatchilik fikrini tashuvchi va boshlovchisiga aylandi. Aynan ingliz va fransuz burjua revolyutsiyalari davrida ijtimoiy zarurat bo'lgan publitsist kasbi dunyoga keldi, u endi nafaqat yangilikni, ishbilarmonlikni, noshir , muharrir, sahifalarni yig'uvchi va tarqatuvchi bo'lib qolmasdan, balki haqiqiy manodagi yangi g'oyalarni, fikrlarni ilgari suruvchi publitsistikaga aylandi. O'sha davr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.3 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.3 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga