Xorijiy til darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish R e j a: 1. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha 2. innovatsion usullar. 3. Xulosa. Uzluksiz ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O'quv jarayoniga pedagogik texnologiyalar dars o'tishning noan'anaviy usullari, xususan, interfaol usul keng joriy etilayapti. Pedagogik texnologiyaning o'zi nima? Olimlar, xususan, YUNESKO mutaxassislari pedagogik texnologiya tushunchasiga turlicha ta'riflar berishgan, bu ta'riflar bir-birini to'ldiradi, tushuncha mohiyatini ochib beradi. Pedagogik texnologiya-bu ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik bositalar, inson salohiyati hamda ularning o'zaro ta'sirlarini inobatga olib o'qitish va bilim o'zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir. Pedagogik texnologiya-bu jarayonlar vositalar, uslublar majmuasidan iborat bo'lib, u o'quvchilarda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish uchun pedagogik ta'sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalgam oshiradi. Dars o'tishning zamonaviy pedagogik uslublariga doir ko'plab qo'llanmalar mavjud. Xususan, Mavzu qanday bayon qilinganda uning necha foizi o'quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan o'zlashtiriladi?. Degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o'tkazilgan tajribalar yakuni anglash piramidasi degan nomni oldi. Unga ko'ra mavzu bayonini: faqat eshitganda uning 10-20% i : eshitsa va mavzuga oid ko'rsatmali materiallar bilan tanishsa, uning 30-50% i: eshitsa, mavzu bo'yicha amaliy mashg'ulotlar bajarsa, mavzuni o'rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa, ular bilan mavzu yuzasidan muloqatda bo'lsa, bahslashilsa, mavzuning 60-90%i yodda qoladi, o'zlashtiriladi. Binobarin, o'qituvchi sinfga kirib o'quvchiga faqat ma'ruza o'qib chiqib ketishining foydasi kam bo'ladi. O'quvchi mavzu yuzasidan o'rtoqlari' o'qituvchi bilan o'zi muloqotga kirishishi, amaliy mashg'ulotlarda qatnashishi, ma'ruzadan olgan bilimlarni gapirib bera olishi kerak. Ana shunda olingan bilim mustahkam bo'ladi. Turli uslublarni o'rganib, taqosslab, hamkasblar bilan fikrlashib, har bib ustoz o'z uslubini yaratadi. Dars o'tishning noan'anaviy faollashtiruvchi uslublari quyidagicha: Mustaqil ishlash- ma'lum mavzular tugagach, ularni bir tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o'quvchilarga mustaqil amaliy ish, faoliyat bilan shug'ullanish, darslik, o'quv qo'llanmalari bilan ishlash ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. O'qituvchi mustaqil ish mavzusini avvaldan tayorlab qo'yadi' vasifalar yo'zilgan varaq har bir o'quvchiga alohida ham berilishi mumkin. O'quvchilarning juft-juft bo'lib, muloqatga kirishishi. Biror bir mavzuni hal etishda qo'llaniladi. Juftlikdagi bir o'quvchi topshiriq bo'yicha mulohasalarini o'rtog'iga bayon qiladi. U o'z navbatida birinchi o'rtog'iga tushuntiradi, ya'ni juftlikdagi o'quvchilar navbatma- navbat o'qituvchi vazifasini bajaradilar. O'quvchilarni guruhlarga bo'lib ishlash orqali orgatish'. Bunda sinfdagi o'quvchilar guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhda 5-6 nafardan o'quvchi bo'lishi mumkin. Guruhlarga ajratish xolis bo'lishi uchun o'qituvchi ko'rinishi bir xil qog'ozlarga 1-6gacha raqamlarni yozib chiqadi. M-n, sinfda 36 nafar o'quvchi bo'lsa, ularni 6gyryhga bo'lgan ma'qul. U holda o'qituvchi 6ta qog'ozchaga bir raqamini, 6tasiga 2raqamini,…,6ta qog'ozchaga 6raqamini yozadi. Qog'ozchalar aralashtiriladi va har o'quvchi bitta qog'ozchani oladi. Bir raqamini olgan o'quvchilar 1-guruhga,…….6raqamini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.81 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.81 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:25 ]
Arxiv ichida: doc