Xorijiy tillarni o'qitishda zamonaviy metodlar hamda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja: 1. Xorij tiliga o'qitish metodlarini takomillashtirib borishning zarurligi. 2. Zamonaviy metodlar xususida qisqacha sharx. 3. Xorij zamonaviy metodlaridan va ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari. TAYaNCh IBORALAR: Lingvistika, psixologiya, struktural oqim, Audilingual, friz, Audiovizual, intensiv o'qitish, relaksopediya, xotira rezervlari, intellektual aktivlik, ijobiy emotsiya, psixologik to'siq, maxsus matnlar, suggostopediya, ritmopediya, gipnopediya, kibernetizatsiyalash, suggestiv boshqarish. hozirgi vaqtda nafaqat xorij tiliga o'qitish bo'yicha balki barcha fanlarga o'qitishni, o'rgatishni yangi-yangi metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko'rish to'g'risida ko'p ishlar qilinayapti. Bu hozirgi kundagi ta'lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal qilinishi kerak bo'lgan eng muhim muammolardan biridir. Agar avval xorijiy tilni o'qitish shu til sistemasini o'rganish deb qaralgan bo'lsa, keyingi yillarda o'qitishdagi muhim ko'zlangan narsa bu o'quvchilarni xorijiy nutqini o'stirishdan iborat bo'ldi. Shuni aytish kerakki xorijiy o'rganishdagi bu maqsadlar, o'z-o'zidan yoki biror kimsalar shaxs tomonidan qo'yilmaydi, balki lingvistika va psixologiya fanidagi o'zgarishlar va sotsial jamiyatning rivojlanib borishi bilan chambarchas bog'liqdir. Masalan: Audiolingvol metodni olib ko'raylik. Bu metodning yuzaga kelishiga lingvistika fanidagi o'zgarishlar, yani struktural oqimni ta'siri bo'ldi. U quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 1. Xorijiy o'rgatish avval og'zaki nutqka o'rgatishdan boshlanmogi zarur; 2. Til o'rganish turli strukturalar, nutq namunalari asosida amalga oshiriladi; 3. Mashqlar ham shunga asoslangan holda til materialini ko'p marta takrorlashni talab qiluvchi mashqlar bo'lishi kerakligi taqozo etiladi; 4. Mashqlar va leksikani tanlash xorij tili bilan ona tilini kieslashning natijalariga bog'liq bo'lishi kerak. 5. Talaffuzga katta etibor. Bu metodning asosiy kamchiligi, mexanik mashqlarning ko'pligi va haqiqiy nutq mashqlarining ozligidir. Bu metod asoschilari amerikalik metodist olimlar Ch.Friz va R.Ladolardir. Masalan: Friz, boshlang'ich etapni asosiy mazmunini strukturalar (modellar)ni o'rganish tashkil qilish kerak. Gramatikaning shu yul bilan o'rganish buni asosini tashkil qiladi. Ch.Friz bilan R.Ladoning fikricha o'quvchilar avval og'zaki nutqda ishlatiluvchi strukturalarning (gaplarning) yig'indisini o'rganishi va eslab qolishlari kerak. Keyinchalik shu strukturalar asosida yangi-yangi gaplar tuzishi kerak yani malaka va ko'nikmalar hosil qilinishi kerak. Bo'lar trenirovkaga mo'ljallangan mashqlar yordamida amalga oshiriladi. 1950 yil kelib g'arbda yangi bir metod shakllanib etdi. Bu audio-vizual metod edi. Uning asoschilari yugoslavyalik metodist Petr Guberin va frantso'z Per Rivon, J.Gugeneym va boshqalardir. Bu metod tilni (til materialini) eshitish va ko'rish sezgilari orqali eslab qolishga asoslangan. Bu metodning asosiy xususiyati shundaki u o'rganayotgan til materialini hayotiy situatsiyalar bilan bog'lab o'rganishni taqozo etadi. Til o'rganish asosan tematik prinsiplarga asoslangan. Bu metod mualliflarining fikricha o'quvchilar kundalik turmushda uchrab turadigan, eng ko'p ishlatiladigan mavzularni (kvartira, uy va x.k.) o'rganishlari kerak. Bu mavzularning hammasi asosan ko'rib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.87 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.87 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:25 ]
Arxiv ichida: doc