Xulq-atvorida psixologik og'ishi bo'lgan o'quvchilarni aniqlash va ular bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish

Xulq-atvorida psixologik og'ishi bo'lgan o'quvchilarni aniqlash va ular bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Xulq-atvorida psixologik og'ishi bo'lgan o'quvchilarni aniqlash va ular bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Xulq-atvorida psixologik og'ishi bo'lgan o'quvchilarni aniqlash va ular bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalari xulq-atvor - axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning felatvori bilan bog'liq axloqiy hodisa bo'lib, kishi felining axloqiylik doirasida namoyon bo'lishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xattiharakatlari Xulqdan tashqari odob va axloq o'z ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uyg'otadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida o'zgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xattiharakatlardan iborat bo'lsa, Axloq - muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun ta'sir eta oladigan turli xattiharakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma'naviy hodisa. Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor normalaridan xulqi chetga chiqqan o'smirlarni qiyin, tarbiyasi og'ir, deviant xulqli deb ataladi. Normal xulq deganda o'smir rivojlanishi va ijtimoiylashuvining ijtimoiy muhit bilan munosabatlariga mos tushishi tushuniladi. Agar atrofdagilar o'smirning u yoki bu o'ziga xosliklariga o'z vaqtida va to'g'ri ahamiyat bersa, o'smirning xulqi normal bo'ladi. O'smirning tarbiyasi og'irligi, uning jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarga rioya qilmaslik - fanda - deviatsiya (xulq og'ishuvi) deb ataladi. Deviant so'zi - lotincha deviatio so'zidan olingan bo'lib, chekinish, buzilish degan manoni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisadir. Yolg'onchilik, dangasalik, o'g'irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq-atvorning eng ko'p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo'lish turi - jinoyatchilik bo'lib, ijtimoiy me'yorning buzilishi sifatida ushbu hodisa fanda juda qadimdan o'rganilgan. Xulqida og'ish holatlari 4 ta turga bo'linadi: - Jismoniy; - Psixik; - Pedagogik; - Ijtimoiy. Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og'ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir. O'smirning tarbiyasi og'irligi, uning jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarga rioya qilmaslik holatlari fanda deviatsiya (xulq og'ishuvi) deb ataladi. JISMONIY: PSIXIK PYeDAGOGIK IJTIMOIY Kasalliklar Ko'rish, eshitishdagi buzilishlar Tayanch-harakat apparatidagi buzilishlar Ruhiy rivojlanishda ortda qolish Aqli zaiflik Nutq buzilishlari Hissiy-irodaviy sohadagi buzilishlar Iqtidorlilik Psixolog (pedagoglar) bilishi kerak: Deviant xulqning uch shakli, yani asosiy yo'nalishlari ajratiladi: . Bolalarda assotsial xulqni yuzaga keltiruvchi oilalar xarakteristikasi: xulq ATVORIDA PSIXOLOGIK OG'IShI O'ZIGA XOSLIGI VA ShAKLLANTIRIShGA OLIB KYeLADIGAN SABABLAR QUYIDAGILAR: Jumladan V.V.Kovalevning fikricha xulq og'ishning to'rt xil ko'rinishi mavjud: Mavjud tartib, talab va qoidalarga bo'ysinmaslik ko'rinishidagi og'ma xulq. Ijtimoiy muhitga, jamiyat normalariga nisbatan noroziligini namoyon qilish maqsadidagi og'ma xulq. Mavjud huquqiy normalarga, qonun qoidalarga bo'ysinmaslik zamirida yuzaga keladigan og'ma xulq. Shaxsning situatsion vaziyatda o'zini boshqara olmay qolishlik va o'ziga shikast etkazishga yo'naltirilgan og'ma xulq. . xulq atvorida psixologik og'ishni shakllantirishga olib keladigan sabablar quyidagilar: shaxsning biologik kamchiliklari; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.05 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.05 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga