Xush kelding bahor 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati

Xush kelding bahor 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Xush kelding bahor 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Xush kelding bahor 8 mart - xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatini targ'ib etishga qaratilgan Ayol borki, olam munavvar, Jannat onalar oyog'i ostida. Xush kelding bahor mavzuida Bahor fasli tarixi. O'lkamda bahorning ilk kunlari, boshlanishi bilanoq qushlarning sayrashi hamma joyni tutib, ketadi. Bu bilan bizga bahor kelganidan darak beradi. Bahor fasli fasllarning boshlanishi, uyg'onish davri hisoblanadi. Qishda uyquga ketgan hayvonlar, bahorda uyg'onishadi. Yani uyg'onish, yangi sahifani boshlanishi, yo'lning boshi boshlanish davriga kiradi. Bahor oylari uchta bo'lib, mart, aprel, may kiradi. Juda oz bo'lsada, o'zida xalqimizning milliy bayramlarini mujjasam etgan. Har bir xalqning o'z milliy bayrami bo'lgani singari bizning ham milliyligi ufurib turgan milliyligimizni aks etgan bayramlarimiz bor. Ular sakkizinchi mart xotin qizlar bayramiz, navro'z umumxalq bayrami,va yana bir qancha bayramlarni o'z ichiga oladi. Navro'z bayrami juda qadimiy bayram sanaladi. Tarixchilarning fikricha, bu bayramning tarixi qariyb 3 ming yildan ziyod. Navro'z asosan bahoriy tengkunlikda nishonlanadi. Navro'z - tabiat uyg'onishi ramzi, yangilanish, yasharish fasli, bu kunda qayta tiklanib, yangicha tus olgan xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an'analarimiz, turfa marosimlar o'tkaziladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singib boradi. Navro'z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlaro ahillik, bag'rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg'otuvchi haqiqiy sharqona bayram sifatida nishonlanadi. Mustaqillik yillarida Navro'z ayyomi umumxalq bayrami sifatida tan olindi. 2009 yilda Navro'z bayrami YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritildi. 2010 yilda esa BMT Bosh Assambleyasi 21 mart kunini xalqaro Navruz kuni deb e'lon qildi va barcha mamlakatlarni mazkur qadimiy bayramni dunyoda keng tarag'ib etishga chaqirdi. Bahorni sumalaklar, sayllar o'zimizning milliy o'yinlarimizsiz tasavvur qila olmaymiz. Eng birinchi tasavvurimizga navro'z bayrami keladi. Undagi momalarimizning bizga aytga hikoyalari navro'z tarihi uning kelib chiqishi udumlari. Navro'z bayramida esa ko'pkari kurash, turli xil aytishuvlar, milliy raqslarsiz tasavvur eta olmaymiz. Tabiat bizga shunday nematlarni inom etganki bunga shukr keltirishimiz kerak. Bahorni sumalaksiz tasavvur qila olmaymiz, yozni suvsiz, kuzni zangorangsiz qishni esa oq parchalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Xush kelding bahor To'rt faslning tanho malikasi sen, Tugal go'zallikning nihoyasi sen, Oshiq-ma'shuqlarning tamannosi sen! Qayta ketmas bo'lib keldingmi, bahor? Yer birla osmonning tillaqoshi sen, Aytar qo'shig'imning avval-boshi sen, Oltin beshigimning safardoshi sen! Qayta ketmas bo'lib keldingmi, bahor? Yana bahor fasli insonlar qalbiga ezgulik urug'i sepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko'nglidan birdek joy oladi. Bahor o'zning sepini yoyishi bilan barcha insonlar qalbini to'lqinlantiradi. Bahor faslida o'zimizning milliy bayramimiz navro'z nishonlanadi. Barcha insonlarga birdek shodu xurramlik, mehr oqibat, baxt soadat, bahshida etadi. Bahorda barchamiz yana bir bor o'zimizning o'zligimizni anglab yetamiz. Milliylikni yo'qotmagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga