XVI asrdan keyingi davrlardagi badiiy nashr ravnaqi

XVI asrdan keyingi davrlardagi badiiy nashr ravnaqi

O'quvchilarga / Pedagogika
XVI asrdan keyingi davrlardagi badiiy nashr ravnaqi - rasmi

Material tavsifi

XYI asrdan keyingi davrlardagi badiiy nasr ravnaqi Reja: Boburning Boburnoma va Vosifiyning Badoe'ul -vaqoe asarlarida tarixiylik va badiiylikning uyg'unligi. Nasr va xalqchillik. Latoyifuz - zaroyif - tarjima nasr sifatida. Boburnoma asari maydonga kelganiga qadar o'zbek prozasida Rabg'uziy va Alisher Navoiylarning nasriy asarlari mavjud edi. Ayniqsa, Alisher Navoiyning asarlari o'zbek ilmiy va didaktik nasrining rivojlantirishda katta o'rni bor. Ammo Boburnoma o'zining xususiyatlari bilan o'zbek prozasi tarixida o'ziga xos o'ringa ega. XVI asrning boshlarida o'zbek va tojik tillarida Tavorixi guzida - Nusratnoma, Shayboniynoma, Badoe'ul - vaqoe, Mehmonnomai Buxoro kabi asarlar yaratildi. SHu asarlardan Badoe'ul - vaqoe asari Boburnoma asaridan keyin yaratilgandir. Badoe'ul - vaqoe asari muallifi Zayniddin Mahmud Vosifiy (1485- 1566) avval Hirot, keyinchalik esa Movarounnahrda yashab ijod etgan. Zayniddin Mahmud Vosifiyning Badoe'ul - vaqoesi badiiy esdaliklar janriga mansub bo'lishi bilan Boburning Boburnomasi bilan bir tipdagi asar bo'lsa-da, ammo tasvir uslubi va mualliflarning tasvirlanayotgan voqealarga munosabati jihatidan, esdalikdagi badiiylik jihatidan firq qiladi. Vosifiy asarida realistik tasvir uslubi romantik tasvir uslubi bilan aralash mushohada qilingan. Badoe'ul - vaqoeda XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmidagi tarixiy voqealarning tasviri unga nisbatan uzoq yoki yaqin o'tmish voqealariga bag'ishlangan hikoyalar bilan baglanib ketadi. Bu hikoyalar esa sarguzashtlilik, tarixiylik yoki fantastik ruh bilan sug'orilgan bo'lib, badiiy tasvir jihatidan mohirona yozilgan. Unda voqealar tasvirida muallifning ularga bo'lgan ijobiy va salbiy munosabati ham sezilib turadi. Boburnomada voqealar xronologik tarzda bayon qilinishi bilan birga tarixiylik ham kuchli ifodalangan. Tarixiylikda haqqoniylik va badiiylik o'zaro bog'lanib ketadi. Asarda Vosifiy asaridagiday turli xarakterdagi hikoyalar ko'rinmaydi. Bu esa bir xil janrga mansub asarlarning har biri ham mualifining dunyoqarashi, ijtimoiy mavqei, qalamga olinayotgan voqealarga munosabati nuqtai nazaridan rang-barang uslubda yozilganidan, har biri yangi badiiy olamga ega bo'lgan asarlardir. Boburnoma voqealarni bayon etishdagi tafsiliyligi, muallifning ularga munosabatda bo'lishi, baho berishdagi haqqoniyligi, tarixiy shaxslar portretini chizishda haqqoniy bo'lishga intilishi, tabiat manzaralari va ash'yolarining tasvirlashdagi mahorati, tarixiy voqealarni qalamga olishdagi ilmiyligi va shuning bilan bir qatorda hamma holatda ham badiiylikka erishilganligi bilan farqlanadi. Boburnomada keltirilgan ma'lumotlar faqat tarixiy jihatdangina emas, balki boshqa fanlarga tegishli bo'lganligi bilan ham farqlanadi. Unda topografiya va toponimiya, zoologiya va ixtiologiya, geografiya va adabiyotshunoslik, tilshunoslik va etnografiya kabi fanlarga daxldor ma'lumotlarni olish mumkin. Ma'lumotlarning ahamiyati shudaki, ularning haqqoniyligi tufayli tarixchi o'sha davrdagi Movarounnahr, Xuroson va Hindiston tarixiga oid ma'lumotlarni topa oladi; geograf o'sha davrdagi mazkur o'lkalarning topologiyasini, iqtisodiy geografiyasiga doir qimmatli manblarni ko'radi. Zoolog esa shu mamlakatdagi qushlar va hayvanlar dunyosini o'rganadi. Adabiyotshunos o'sha davr adabiy muhitini tekshiradi. Tilshunos o'zbek tili tirixi taraqqiyotini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.54 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.54 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga