XVII-XIX asrlarda markaziy osiyoda maktab va pedagogik fikr

XVII-XIX asrlarda markaziy osiyoda maktab va pedagogik fikr

O'quvchilarga / Pedagogika
XVII-XIX asrlarda markaziy osiyoda maktab va pedagogik fikr - rasmi

Material tavsifi

XVII-XIX asrlarda markaziy osiyoda maktab va pedagogik fikr Reja: 1. Buxoro amirligi, Xiva, Qo'qon xonliklarida maktab-madrasalar, ta'lim-tarbiya mazmuni, usullari. 2. Jahon Otin Uvaysiyning ijtimoiy-pedagogik faoliyati 3. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari 1. Buxoro amirligi, Xiva, Qo'qon xonliklarida maktab-madrasalar, ta'lim-tarbiya mazmuni, usullari. Qaryib 150 yil xukmdorlik qilgan Temuriylar inqirozga uchradi. Uning o'rniga Shayboniylar hukmdorligi o'rnatildi. Shayboniyxon (1451-1510) Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga o'ringan bo'lsa ham, uning uchta xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm XVII asr oxiriga kelib, Qo'qon xonligi qaror topdi. Ammo xonliklar o'rtasidagi beto'xtov o'zaro urushlar mamlakatni ma'lum darajada xarob eta boshladi, fan va madaniyat sohasida turg'unlik yuz berdi. Mamlakat iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida, 1502 yilda Zarafshon daryosiga suv ayirgich qurildi. 1507-1508, 1529-1530, 1583-1598 yillarda pul islohati o'tkazildi. Buxoro xoni Abdullaxon davrida davlatlar o'rtasida har tomonlama aloqalar o'rnatilishiga erishildi. Jumladan Hindistonda shoh Akbar, Sharqiy Ovro'poda Ivan Grozniy bilan do'stona munosabatlar o'rnatildi. Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi ko'plab ijtimoiy binolar qurish imkoniyatini berdi. Abdullaxon 1001 ta rabot va sardoba, ko'plab madrasa, masjid, xonaqo, ko'prik, suv ombori va boshqa inshootlarni qurdirdi. Abdullaxon o'z atrofida yozuvchi, shoir va olimlarni to'plab, ularga homiylik qildi. Shoirlar orasida ayniqsa, Mushfiqiy o'z madhiyallari, lirik she'r va hajviyalar bilan shuhrat topdi. Abdullaxonning topshirig'i bilan turli binolar uchun tarixlar bitdi. Saroy muarrixlaridan Hofiz Tanish dalillar asosida «Abdullanoma» nomli katta tarixiy kitob yozdi. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy «Dastur al-iloj» Muhammad Yusuf mahhol «Taxqiq al-xumoyyot», «Zubdat ul-kahholi» asarini shoir adiblardan Bobur, Solih, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vasofiy, Ubaydiy, G'oyibiy Samarqandiylar esa barakali ijod qilganlar. Shayboniyxonning «Tavorixi g'o'zidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoe' ul-vaqoe'», Fazlulloh ibn Ro'zbexonning «Mehmonnomayi Buxoro» kabi yirik badiiy asarlarda o'sha davr ijtimoiy, mafkuraviy, adabiy, ma'rifiy hayoti o'z aksini topgan. XVII-XVII asrlarda me'morchilik sohasida ko'plab inshootlar bunyod etildi. Buxoroda Imomqulixonning nufuzli katta amaldorlaridan Nodir Devonbegi shahar ko'rkiga ko'rk qo'shuvchi masjid, hovuz, madrasalardan iborat katta me'moriy ansambl qurildi. Nodir Devonbegi bunday tashqari, Samarqanddan 4 chaqirim, janubdan Xo'ja Ahror qabri oldiga madrasa va Nomozgoh ham bino qildirdi. Mazkur davrda Muhammad Balxiyning 500 baytdan iborat «Subhonqulixonnoma», Mirmuhammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblari tarjimai holiga ma'lumotlar beruvchi «Muzakkirul asxob» nomli asari Sayido Nasafiyning NAQSHbandiyga bag'ishlab yozgan she'rlar, qasidalari, So'fi Olloyor va Boborahim Mashrabning tangriga bo'lgan muhabbatlarini ifodalovchi she'rlari, borliq, mavjudot, inson, mahbub, moddiy dunyo, noz-ne'matlardan bahramand bo'lish, shariat, tariqat, ma'rifat va haqiqatga amal qilish haqidagi asarlari yuzaga keldi. Bu davrda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida diniy mafkura hukmron edi. Turmushda ham, oilada ham, har bir kishi axloqida, xulq-atvorida diniy talablarga rioya etdilar. Madrasalarda asosan ilohiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.18 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.18 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga