XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar

XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar

O'quvchilarga / Pedagogika
XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar - rasmi

Material tavsifi

XVII-XVII ( 17 - 18 ) asrlar va XIX ( 19 ) asrning birinchi yarmida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar Reja: 1.XVII-XVII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklarida ilm-fan va ta'lim-tarbiya. 2.jahon Otin Uvaysiy va uning ta'lim-tarbiyaga qo'shgan hissasi. 3.Qizlar maktabida ta'lim-tarbiya mazmuni, metod va usullari. 4.Muhammad Qoshg'ariy va uning «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi») asari, asarda ilgari surilgan xulq-odob me'yorlari. 1. XVII-XVII asrlar va XIX asrining birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklarida ilm-fan va ta'lim-tarbiya. Movarounnahrda bir yuz ellik yil asrnit birinchi yarmida xukumronlik qilgan temuriylar sulolasi inqirozga yuz tutib, uning xonxikxarida ilm-fan va o'rniga Shayboniylar xukumronligi o'rnatildi. Lekin Shayboniyxon xam (1451-1510) kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga qay darajada harakat qilgan bo'lsa xam, uning o'limidan so'ng o'zaro urushlar avj olib ketib, bu hududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVII asr oxiriga kelib, Qo'qon xonligi paydo bo'ldi. Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o'rnatildi. Jumladan, Hindiston Shox Akbar, Sharqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar bilan do'stona aloqa o'rnatildi. Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqox va ko'priklar, suv omborlar va boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda «Abdullanoma» nomli tarixiy kitob yozildi. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiyning «Dastur al-iloj», Muqammad Yusuf Mahxolning «Taxqiq al xumayyot», «Zubdat ul-qaxxolin» asarlari, Shayboniyxonning «Tavorixi guzidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoe ul-vaqoe», fazliddin Ibn Ro'zbekxonning «Mexmonnomayi Buxoro» kabi asarlarida o'sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma'rifiy hayoti o'z aksini topgan. XVII-XVII asrlarda memorchilik sohasida ham katta inshootlar qurildi. Masalan, Buxoroda Imomqulixonning nufuzli amaldoridan Nodir devonbegi masjid, xovuz, madrasalardan iborat katta memoriy ansambl qurdirdi. Shuningdek, Samarqanddan 4 chaqirim Janubda Xo'ja Axror qabri oldiga madrasa va Nomozgox barpo etdi. Bu davrda Muhammad Balxiyning 500 baytdan iborat «Subxonqulixonnoma», MirMuhammad amir Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblarining tarjimai xoliga oid ma'lumotlar berilgan «Muzakkirul asxob» nomli asari, shuningdek, Sayido Nasafi, So'fi Olloyor, Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga keldi. Bu davrda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida; turmushda xam, oilada xam xar bir kishi alohida diniy talablarga rioya etar edi. Madrasalarda deyarlik iloxiy bilimlar berilishiga qaramay, madrasani bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar bilan bir qatorda mashxur shoir, olimlar xam etishib chiqdi. Boboraxim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy-Namangoniy, Fazliy Namangoniy, Sayido Nasafiy, So'fi Olloyor, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abdulg'oziy bahodirxon ana shunday ilm soxiblaridandir. Bu davrda ko'proq adabiyot tarix, memorchilik, tasviriy san'at rivojlandi. Lekin tabiiy fanlarga xam oid ajratilgan «hisoblash usullari haqida risola» nomli matematikaga doir muhim asar xam yuzaga keldi. Abdulg'oziyning «Shajarai turk» asari xam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.99 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.99 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga