XX asr boshida xorijiy jurnalistika taraqqiyoti

XX asr boshida xorijiy jurnalistika taraqqiyoti

O'quvchilarga / Pedagogika
XX asr boshida xorijiy jurnalistika taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

XX asr boshida xorijiy jurnalistika taraqqiyoti Reja: 1. «Yangi jurnalizm asrining boshlanishi. 2. Matbuot va reklama. 3. Sariq matbuot va uning OAV taraqqiyotidagi roli. Shimoliy Amerika tarixida birinchi gazetalar Bostonda mustamlakachilik davrida paydo bo'lgan edi: «Pablik okkaranzis (Boston xabarlari) 1704 yillarida nashr ettirilgan. Ushbu shaharda 1748-1750 yillarda «Independent Advertayzer (Mustaqil gazeta elonlari bilan) gazeta chiqa boshlagan, uning asoschisi Semyuel Adams esa tarixga birinchi Amerika revolyutsiyasi targ'ibotchisi sifatida qoldi. Revolyutsiya davrida B.Franklin va T.Peyn nashrlari ham yetakchilik qilishdi. Birinchi kundalik nashrlar 1783 yilda Filadelfiyada chiqa boshladi. Amerika mustaqillik deklaratsiyasini (1776) elon qilganidan keyin matbuot sohasida ulkan o'zgarishlar ruy bera boshladi. !791 yilda AQSH Konstitutsiyasiga birinchi o'zgartirish kiritildi va u quyidagicha jaranglagan edi: Kongress so'z va matbuot erkinligini cheklaydigan qonunlar qabul qilishga haqqi yo'q. Ushbu asosiy tamoyilga Amerika jamiyati nafaqat izchil amal qilib kelmoqda, balki mana shu 200 yildan ortiq davr ichida Inson huquqlari haqidagi Bill qonuni jurnalistik axloqning bosh yo'nalishiga aylandi. Amerika jurnalistikasi paydo bo'lgan kunidan boshlab hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritishga harakat qilib kelmoqda. Inson huquqlari haqidagi Billda OAV va Hukumat bazi holatlarda hamkorlik qilmasligi kerak deb yozilmagan. Lekin AQSH Konstitutsiyasi asoschilarining fikri bo'yicha matbuot va hukumat bir vazifani bajaruvchi hamkor institut bo'lmasligi kerak. Ular tabiiy holda bir-biriga qarama-qarshi quyilgan va vazifalari har xil bo'lgan turli ijtimoiy institutlardir hamda ular bir-birlarini hurmat qilishlari zarur. Erkin matbuot faqat o'z gazetxonlari oldida masuldir. 1830 - 1840 yillarda AQSH jurnalistikasiga tijorat kirib kela boshladi: kundalik nashrlarning asosiy turi sifatida pensli va tsentlarga sotiladigan gazetalar chiqara boshladilar. Ikkinchi Amerika revolyutsiyasi (1861-1865) boshlangan davrda matbuot qullikni yo'q qilishga muhim rol o'ynadi. Mana shu davrning o'zmda OAV jabhasida ulkan texnik o'zgarishlar ham ruy bera boshladi: rotatsion bosma mashinasi (1847 ), Linotip (1886), telegraf (1837), telefon (1886) va boshqalar. Amerika jurnalistika taraqqiyoti iqtidorli reportyorlar, muharrirlar, noshirlar faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. Djeyms Gardon Bennet (1795 - 1872 ) - ommaviy axborot vositalaridan biri, bulvar matbuot rivojiga turtki berganlardan biri. Nyu - York gerald (Nyu- York xabarlari) gazetasi noshiri, u o'z xodimlaridan inson qiziqishlari va ehtiroslari (jinoyat, hodisalar, janjallar, oilaviy mojarolar) haqida yozishni talab etar edi. Nyu- York geraldgazetasining sobiq xodimi Goratsiy Grili Bennet jurnalistikasini inkor etar edi. 1841 yilda Nyu-York Tribyun gazetasiga asos solib, u birinchi o'ringa ma'rifat, axloq, dinni qo'ydi. Djozef Pulitser (1847-1931). 1883 yilda u Nyu-York uorld gazetasini sotib olib, uni Yangi jurnalizmning modeli sifatida dunyoga tanitdi. Barcha materiallarni «Insoniy reportajlar va hodisalarni haqqoniy yoritish asosiga qurdi. Soddalashtirilgan ingliz tili, rasm va satirik suratlar, gazeta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.23 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.23 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga