XX asrning 70-80-yillarida O'zbekistonda xalq ta'limi Xalq ta'limi tizimida muhim o'rinni egallagan umumiy ta'lim maktablari Respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog'langan bo'lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun ham Respublikamizda hukumati, xalq ta'limi vazirligi joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta'limi tizimini, jumladan, umumiy ta'lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta'minlash, o'quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni yuqori bilimga ega bo'lgan o'qituvchilar bilan ta'minlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jamiyatimizdagi mavjud maorif tizimining barcha bo'g'inlarida jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlodning kamolotga etishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga nihoyatda kam etibor berilar edi. Natijada umumiy ta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari, yosh avlodni har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga mos kelmay qoldi. Bu esa umumiy ta'lim va hunar maktablarni isloh qilishni taqozo etdi. Islohotda umumiy o'rta ta'lim o'n bir yillik bo'lib, I-IV sinflar - boshlang'ich maktab, V-IX sinflar esa to'liqsiz o'rta va X-XI sinflar - barchasi umumta'lim maktabini tashkil qiladi. Shuningdek, o'rta hunar-texnika bilim yurtlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur tuzilishga binoan o'rta umumiy ta'lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o'qitish nazarda tutiladi. Hunar-texnika ta'limi esa qayta tubdan o'zagrtirilib, O'rta hunar-texnika bilim yurtlariga aylantirildi. O'rta ma'lumotga ega bo'lmagan, ishlab chiqarishdagi faol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi maktablar saqlanib qolindi. Umumiy o'rta va hunar ta'limi tizimining o'zgarishi bilan, oliy o'quv yurtlari, bilim dargohlariga qabul qilishning yangi qoidalari, talablari ishlab chiqiladi. Umumiy o'rta va hunar ta'limi bilan unda beriladigan ta'limning mazmuni, shakllari, metodlari va usullarini ham tashkil etilishini o'zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun islohot taqozo etganidek, ta'limning mazmunini takomillashtirish zarur. ta'limning mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o'quv dasturlari va darsliklari materiallarini o'quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish, ortiqcha ikkinchi darajali materiallardan xalos etish zarur edi. O'quv fanlarining amaliy yo'nalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga o'rgatishni yo'lga qo'yish, ta'lim mazmunining politexnik yo'nalishini ta'minlash masalasi asosan amalga oshiriladi. O'quv darsliklari, metodik qo'llanmalar yaratildi; o'quv rejasiga Atrof muhit bilan tanishish (I-II sinflarda), Informatika fa hisoblash texnikasi asoslari (X-XI sinflarda), Oila etikasi va psixologiyasi (X-XI sinflarda), Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash (VII-X sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o'qitilmoqda, o'qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib haq to'lash joriy etildi, o'qituvchilar malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro'y berdi, o'quvchilarni mehnat ta'limi va tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta'limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o'zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o'zgarishlar ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.19 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.19 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:30 ]
Arxiv ichida: doc