Reja: 1. Yagona Pedagogik Jarayon 2. Didaktika - ta'lim nazariyasi sifatida. Ta'lim paradigmalari DIDAKTIKA - TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA. TA'LIM PARADIGMALARI Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o'qitish xar doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo'lganda xam va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taklid qilishdan iborat bo'lganda xam shunday bo'lgan; keyinchalik xam, ta'lim maqsadga muvofik muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida xam shunday bo'lgan. Birok uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bulmadi. Fakatgina XVII asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan usha paytda ta'lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» o'rgatuvchi, «didasko» esa - o'rganuvchi ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va xokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan. Bu so'z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o'xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) Buyuk didaktika nomli mashxur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy didaktika bu fakat ta'limgina emas, balki tarbiyalash xam, deb ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so'z yuritadi. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta'lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o'rganadi. Ikki faoliyatning xar birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib kursatadilar. hozirgi davrda didaktika o'qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo'yicha ta'lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar xam mavjud. Ularning mazmuni ta'limning ma'lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o'rganish va ta'lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Xar bir o'qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo'yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo'lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog'liq. Kupchilik olimlar ta'lim obyekt deb o'qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini kursatadilar. Didaktika ta'limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta'limiy faoliyatini tashkil etishda o'qituvchi - o'quvchi, o'quvchi - o'quv materiali, o'quvchi - boshqa o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan kaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.86 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.86 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:30 ]
Arxiv ichida: doc