Yakka tartibda huquqbuzarliklarning oldini olishda psixologik-pedagogik ta'sir etish usullarini qo'llash Reja: Ichki ishlar organlari faoliyatida psixologik-pedagogik ta'sir ko'rsatish mexanizmi. Psixologik-pedagogik ta'sir ko'rsatish usullari va yo'llari. Psixologik-pedagogik usullarning tanlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar. Ichki ishlar organlari faoliyatida psixologik-pedagogik ta'sir ko'rsatish mexanizmi Har qanday huquqbuzarlikning oldini olishda shaxsga ijobiy psixologik-pedagogik ta'sir ko'rsatilmas ekan, tarbiyaviy ishlarda samaradorlik bo'lmaydi. Psixologik-pedagogik ta'sir etish usullarini qo'llashdan asosiy maqsad - tarbiyalanayotgan shaxslarga yakka tartibda psixologikpedagogik ta'sir etish orqali ularning ichki ruhiy olamiga ijobiy ta'sir ko'rsatish va jamiyat uchun foydali ishga jalb qilishdir. Psixologik-pedagogik ta'sir etish mavjud ruhiy-tarbiyaviy usullar yig'indisi emas, balki tarbiyachining tarbiyalanuvchi ongiga ijobiy ta'siri, muomalasidir. Har bir shaxsga psixologik-pedagogik ta'sir etish maqsadli bo'lib, unga erishish uchun mavjud barcha chora-tadbirlar ko'riladi. Shaxslarga yakka tartibda psixologik-pedagogik ta'sir etishda har doim ham ijobiy natijaga erishish mumkin, deb ayta olmaymiz. Chunki ayrim shaxslarda salbiy jihatlar ustun bo'ladi, masalan, janjal chiqarishga moyillik, boshqalarni tushunishni xohlamaslik va hokazo. Pedagogikada huquqbuzarlikning oldini olishning psixologik-pedagogik ta'sir etish prinsiplari mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat: Psixologik-pedagogik ta'sir etishni shaxsning o'ziga xos sifatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish. Psixologik-pedagogik ta'sir etish uchun inson psixologiya-sining umumiy qonuniyatlarini va rivojlanish darajasini bilish. Ta'sir etish jarayoni, uning elementlari, oqibatlarini oldindan rejalashtirish va bashorat qila olish. Shaxsning ijobiy ta'sirlanishini rag'batlantirib borish. Ta'sir etishda inson huquqlarini poymol etmaslik. Shaxslarga ta'sir etishni rejalashtirganda barcha xatti-harakatlar tizimini aniqlash va hisobga olish. Shaxsga ta'sir etish jarayonida tashqi ta'sir etuvchi omillarni hisobga olish. Ta'sir etish shaxsning hissiy holatini hisobga olgan holda amalga oshirilishi. Ta'sir etish jarayonida ta'sir yo'llanayotgan shaxsning psixologik faolligini ta'minlash va hokazo. Huquqbuzarlarga psixologik-pedagogik ta'sir etish quyidagi tomonlari bilan ajralib turadi: aniq maqsadga yo'naltirilganligi; -shaxsga ta'sir etish samaradorligi, imkoniyatining kuchliligi; ta'sir etishning qulayligi, ya'ni har qanday vaqtda, joyda, sharoitda olib borishning mumkinligi. Ichki ishlar organlari xodimlari psixologik-pedagogik ta'sir etish usullari (ishontirish, rag'batlantirish va majburlash)ni qo'llashda ta'limtarbiya jarayonining quyidagi tarkibiy qismlariga e'tibor qaratishlari muhimdir: tarbiyalanayotgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini (temperamet, xarakter, qobiliyat va boshq.) chuqur o'rganish; tarbiyalanuvchi shaxs bilan tarbiyaviy profilaktik ishlarni olib borish dasturini tuzish; tarbiyalanuvchi shaxsga psixologik-pedagogik ta'sir etishning usuli va vositalarini to'g'ri tanlash; olib borilgan tarbiyaviy-profilaktik faoliyat natijalarini muntazam kuzatish va nazorat qilish. Tarbiya tizimida ichki ishlar organlari xodimlarining psixologikpedagogik faoliyatini shaxslarning ruhiyatiga og'zaki, yozma va multimedia vositalari orqali ta'sir etish hamda shaxslarning intellektual darajasi va uni rivojlantirishga pedagogik faoliyatni yo'naltirish orqali olib borish yaxshi samara beradi. Huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini tashkil etishning psixologik-pedagogik asoslari haqida to'xtaladigan bo'lsak, avvalo, sodir etilgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ularning toifalarini tavsiflab, har bir guruh yo'nalishiga mos ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.03 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.03 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:30 ]
Arxiv ichida: docx