Yan Amos Komenskiyning pedagogika fani taraqqiyotidagi o'rni

Yan Amos Komenskiyning pedagogika fani taraqqiyotidagi o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Yan Amos Komenskiyning pedagogika fani taraqqiyotidagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

Reja: Yan Amos Komenskiyning pedagogik faoliyati, sinf-dars tizimining yaratilishi. Yan Amos Komenskiy o'qitishning mazmuni, o'qitish qoidalari to'g'risida. Yan Amos Komenskiyning tarbiyani tabiat bilan uyg'un holda olib borish haqidagi qarashlari. Yan Amos Komenskiy ijodida odob-axloq, ta'lim-tarbiya haqidagi g'oyalar. Tayanch so'z va iboralar: Sinf-dars tizimi, o'qish, o'qitish, o'qitish mazmuni, o'qitish qoidalari, ta'lim, tarbiya, odob, axloq, pedagogik fikrlar, maktab, tabiat, onalar maktabi, axloqiy tarbiya, aqliy tarbiya, diniy tarbiya, o'qituvchi, o'quvchi. 1. Yan Amos Komenskiyning pedagogik faoliyati, sinf-dars tizimining yaratilishi Maktab ta'limini tashkil etish, sinf dars tizimi. Komenskiy maktabda o'quv yili va uni o'quv choraklariga bo'lish to'g'risidagi tushunchani, kanikulni kiritdi, o'quv kunini qanday tashkil etish belgilab berdi. (ona tili maaktabida 4 o'quv soati lotincha maktabda 6 o'quv soati), o'quv mashg'ulotlarining sinf-dars tizimini nazariy jihatdan ishlab chiqdi va bu temani amalda qo'lladi. O'sha vaqtlardagi maktablarda o'quvchilar maktabga butun yil davomida turli vaqtlarda qabul qilina berar edi. O'quvchilar garchi sinfda birga o'tirsalar ham, lekin ko'pincha sinfning hamma o'quvchilari bilan kollektiv mashg'ulotlar olib borilmas edi, har bir o'quvchi o'ziga berilgan darsni o'qir, maktabda har bir o'quvchi sinfdan-sinfga o'zining vaqtiga yarasha alohida-alohida ko'chirila berar edi. O'qituvchi har bir o'quvchini huzuriga chaqirib, u bilan yakka tartibda shug'ullanar edi. Komenskiy maktabga o'quvchilarni yilda bir martda qabul qilish, o'qituvchi butun sinf bilan kollektiv ish olib borishni talab etdi. U o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishning sinf-dars tizimiga asos soldi, darsni qanday rejalashtirish va olib borish to'g'risida ko'rsatmalar berdi, darsning bir qismini o'quvchilardan so'rash yo'li bilan ularning bilimlarini hisobga olishga ajratishni, bir qismini esa yangi materialni berish va mashqlar o'tkazishga ajratishni taklif qildi. U har bir darsning o'z temasi va o'z vazifasi bo'lish lozimligini aytdi. O'qituvchi hamma o'quvchilarning mashg'ulotlarda faol qatnashishlarini diqqat bilan kuzatib borishni va dars vaqtida sinfda intizom saqlashlari lozimligini Komenskiy alohida uqtirib o'tdi. 2. Yan Amos Komenskiy o'qitishning mazmuni, o'qitish qoidalari to'g'risida Komenskiy hamma maktablar uchun umumiy bo'lgan bir tizim bo'lishi, bolalarning qaysi toifaga mansubligidan ota-onalarining kimligidan qat'iy nazar ona tilidagi maktablar hamma bolalar uchun umumiy va majburiydir, deb ta'kidlaydi. Komenskiy boshlang'ich umumiy ta'lim g'oyasini ilgari surdi. U kambag'allarning bolalaridagi iste'dod bilim olmasligi tufayli halok bo'ladi deb g'azablanardi. Komenskiy fikricha, tarbiyaning uch bosqichi va uch vazifasi mavjud: 1. O'zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O'z-o'zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya). Komenskiyning O'rta asr pedagoglaridan farqi shuki, u birinchi vazifaning bajarilishiga katta e'tibor berdi. Tarbiyaga yuksak baho berdi. Inson tarbiya tufayligina insonga aylanadi, u har qanday bolani ham odam qilishi mumkin, deydi. Komenskiy birinchi bo'lib ko'rsatmalilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.7 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.7 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga