Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari. Axborotlarni uzatish va qabul qilishning «qog'ozsiz texnologiyalari», modem aloqasi Reja: 1. Informatsion sistemalar taraqqiyoti bosqichlari 2. Kompyuter tarmoqlari 3. Kompyuterlarning lokal tarmoqlari va multimedia 4. Mijoz-server texnologiyasi Informatsion sistemalar taraqqiyoti bosqichlari Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tash-qari zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma xil axborotlarni tez va kerakli ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kom-pyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish mushkul. Oddiy aviachiptalardan tortib, kosmosni tadqiq qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion siste-malar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda. Informatsion sistemalar - bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlash kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan sistemalardir Informatsion sistemalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar: ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo'qotilishining oldini olish, axborotdan foydalanish darajasini oshirish, termin va tushunchalarni standartlashtirish, infor-matsion jarayonlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish. Iqtisodiyotning turli sohalarida qayta ishlanadigan axborot hajmining oshib borayotganligi mazkur jarayonga zamonaviy vositalarni ilmiy asoslangan holda qo'llashni talab etadi. Informatsion sistemalar o'z taraqqiyotida quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1- bosqich (1960 yillar boshlari). Bu davrda informatsion sistemalar birinchi va ikkinchi avlod mashinalari asosida o'z informatsion massiviga ega bo'lgan alohida amaliy das-turlar majmui shaklida tashkil etilgan. Bu ham mashina xotirasida ma'lumotlarning bir necha bor takror ifodalanishiga olib keldi. Mazkur sistemalardagi amaliy dasturlarda ma'lumotlar har safar qayta tavsiflanib, ularni izlash va tartiblash usullari oddiy amallar ketma-ketligi shaklida ifodalanar edi. EHM xotirasida ma'lumotlarning o'zgartirilgan shaklidan tashqari ularning av-valgi ko'rinishlari ham saqlanar edi. Bu hol foydalanuvchi uchun yaratilgan dasturdagi ko'rsatmalarda har safar o'zgartirishlar kiritilishini talab etar edi. Bularning barchasi informatsion sistemalardan foydalanish samarasini pasaytirib, ularni yaratish uchun haddan tashqari ko'p mehnatni talab etar, bir xil ma'lumotlarning takrorlanishi ham mashina xotirasining samarasiz ishlatilishiga olib kelar edi. 2 - bosqich (1970 yillar o'rtalari). Bu davrda yaratilgan informatsion sistemalarda ma'lumotlar shunday jamlanar ediki, ulardan turli masalalarni hal qilishda foydalanish imkoni yaratildi. Bir guruhga mansub masalalar uchun umumiy bo'lgan funksiyalar ishlab chiqildiki, ular yordamida ma'lumotlarni izlash, tartiblash va masalada foydalanish uchun kerakli shaklga o'tkazish imkoniyati yaratildi. Ammo ko'p hollarda ma'lumotlar majmuilarini birlashtirish kerakli samarani bermadi, chunki bunda kerakli ma'lumotni izlash murakkablashib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.44 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.44 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:30 ]
Arxiv ichida: doc