Yangi estetikaning shakllanishi (XX asr o'zbek adabiyotshunosligi) Reja: 1. KIRISh 2. SAN'AT TUShUNChASINING NAZARIY talqinLARI 3. ADABIYoT so'z SAN'ATI SIFATIDA 4. TIL VA USLUB MASALALARI 5. IJODIY JARAYoN 6. ADABIY TUR VA JANRLAR MASALASI 7. FOLKLOR a) Milliy adabiyot va umumnazariy talqin muammolari XX asrning birinchi choragida Turkistonda yangi estetika shakllandi. Buning kator obyektiv va subyektiv omillari bor, albatta. Avvalo shuni aytish joizki, Turkiston xalqi yangi asrga mustamlaka ularok kadam kuydi. Mustamlakachilik siyosati bir tomondan millatning iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy taraqqiyotiga gov bo'lgan bulsa, boshqa yokdan uning bu yulda yangi imkoniyatlar izlashiga, uyg'onishiga zamin hozirladi. Ixtiyorsiz ravishda Turkistonni g'arb sivilizatsiyasi bilan boglab turuvchi tranzistor vazifasini utadi. Ikkinchidan, chor hukumati va uning tasarrufida bo'lgan mustamlaka millatlar madaniy hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar Turkiston hayotiga bevosita ta'sir kursatdi. Uchinchidan, mustamlaka mikyosida sodir bo'lgan favkulodda hodisalar (turli xarakterdagi urushlar, isyonlar, inkiloblar kabi) millat ongida muxrini koldirdi. Turtinchidan, dunyo xalqlari bilan bo'lgan madaniy aloqalar xam beiz ketmadi. Beshinchidan, sanalgan omillar bilan birgalikda Turkiston xalqi bir paytlar dunyo tan olgan sharq sivilizatsiyasining vorisi edi. Ushbu xalq bu davrga kelib, uzining kadim an'analarini muayyan darajada yukotayozgan bulsa-da, ma'naviy qadriyatlar va genetik nuqtai nazardan bunday vorisiylik qonuniy edi. Demak, XX asr boshlari Turkistonda yangi estetika yuzaga kelishi haqida fikr yuritganda, ushbu o'zaro bog'liq besh omilni hisobga olish joiz.Ularning kay biri samaralirok, ahamiyatlirok, degan masala esa bevosita bu davr ilmiy-adabiy muhiti tadqiqi jarayonida kurinadi. Yangi estetikaning shakllanishi tom manoda dialektik qonuniyat asosida buldi. Shakllanish jarayonida sanaganimiz omillar bazan fikrlar xilma-xilligi, bazida ziddiyatli bahslar tusini oldi. Xususan, adabiy an'analarning siyka takrori, yangi badiiy kashfiyotlar qilish salohiyatidan yiroklashish, estetik tafakkurda kuringan turgun holat, deb baholana boshladi. sharqshunos A. N. Samoylovichning 1908 yili Xeva adabiy muhiti bilan yaqindan tanishuvi natijasida kelgan xulosalari etiborimizni tortadi: «Axmad Tabib va boshqa xevaliklarning, umuman o'rta Osiyoliklarning, - deb yozadi olim, Chigatoy adabiyoti oltin asrining sheriy asarlarini chindan xam kur-kurona, rangsiz va jonsiz takror etuvchi hozirgi o'rta Osiyo turkiy sheriyatiga noxush munosabatlarida mutaassib o'rta Osiyo va boshqa musulmon-turkiy mamlakatlar va oblastlarda bo'lgani kabi yangi davrning boshlanishidan bir nisxona kuraman». Professor Begali Kosimov shoir va dramaturg Ibroxim Davronning «Adabiyotimiz va shoirlarimiz» (TVG, 1909, 47-son.) nomli makolasini yangi estetik qarashlar nuqtai nazaridan tekshirar ekan, shunday xulosaga keladi: «Muallif (I. Davron - U. J.) shoirning ijtimoiy tushunchasini, davr ehtiyojlarini his etish va kondira olish darajasini iktidori mezoni qilib olmokda»1. Shunga yaqin qarashni biz xoji Muinda xam uchratamiz: Guftan az sher naguftan alo, Maksud az sher biboshad mano (Yani sher aytishdan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.99 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.99 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:30 ]
Arxiv ichida: doc