Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik mavzusidagi Mustaqillik darsi bo'yicha metodik tavsiyalar

Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik mavzusidagi Mustaqillik darsi bo'yicha metodik tavsiyalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik mavzusidagi Mustaqillik darsi bo'yicha metodik tavsiyalar - rasmi

Material tavsifi

Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik mavzusidagi Mustaqillik darsi bo'yicha METODIK TAVSIYALAR O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar Bugungi kunda dunyo turli tahdidlar, shu bilan birga, yangi imkoniyatlarni o'zida mujassam etgan global geosiyosiy o'zgarishlar davriga qadam qo'ydi. Shunday murakkab sharoitda qariyb ikki milliard aholi yashaydigan Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro aloqalarni qayta tiklash muhim hayotiy zarurat va tabiiy jarayonga aylanmoqda. O'ylaymanki, xalqlarimizning ulkan tarixiy, ilmiy, madaniy-ma'rifiy merosi hamda iqtisodiyotlarimizning o'zaro bir-birini to'ldirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, mavjud intellektual salohiyatni, birgalikdagi sa'y-harakatlarimizni o'zaro muvofiqlashtirish vaqti keldi. Bu esa, hech shubhasiz, o'zining qudratli ta'sir kuchini namoyon etadi. Birinchidan, qo'shni mamlakatlar bilan tinchlik va do'stlik, ishonch va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, konstruktiv siyosat olib borish Markaziy va Janubiy Osiyodagi barcha davlatlarning umumiy manfaatlariga javob beradi. Ikkinchidan, biz mamlakatlarimiz va mintaqaning uzoq muddatli istiqboli, kelgusi rivojlanishining asosiy drayveri bo'lib xizmat qiladigan barqaror savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini shakllantirish tarafdorimiz. Pandemiya insoniyat duch kelayotgan yangi tahdidlarni kuchlarimizni birlashtirish va muvofiqlashtirish orqaligina yengish mumkinligini ko'rsatdi. Biz o'zaro hamkorlikni iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirish va innovatsiyalarni keng joriy etish orqali mustahkamlashga obyektiv ehtiyoj sezmoqdamiz. Uchinchidan, Afg'oniston Islom Respublikasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog'liqligini amalda ta'minlashning muhim bo'g'inlaridan biri hisoblanadi. Isxonamizki, mintaqaviy sherikligimiz ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o'rnatish, uning iqtisodiy tiklanishi uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bugun Afg'oniston o'zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda. Biz donishmand afg'on xalqi umummilliy murosaga erishish yo'lida o'zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga aminmiz. Afg'on zaminida ko'pdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo'l bilan hal etish va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qo'llab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga ega. Bu Afg'onistonning umummintaqaviy jarayonlarga integratsiyasi uchun yangi istiqbollar eshigini ochadi. To'rtinchidan, xavfsizlik va barqarorlik - mintaqalarimizning izchil rivojlanishi va o'zaro aloqalarimiz mustahkamlanishining asosiy shartidir. Bizning xavfsizligimiz bo'linmasdir va uni faqat konstruktiv muloqot hamda birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz orqali ta'minlash mumkin. Ikkinchi. Markaziy va Janubiy Osiyoda zamonaviy, samarador va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish. Termiz - Mozori Sharif - Kobul - Peshovar temir yo'l tarmog'i mintaqalarimiz o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik arxitekturasining asosiy bo'g'iniga aylanishi kerak. Ushbu loyiha yetakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan ham faol qo'llab-quvvatlanmoqda. Bu temir yo'l tarmog'ining qurilishi har ikki mintaqaning tranzit salohiyatini to'la ro'yobga chiqarish, Janubiy Osiyo va Yevropamamlakatlari o'rtasida Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi hududi orqali o'tadigan eng qisqa yo'lni ochish, shu bilan birga, yuklarning turib qolishi va tashish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.88 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.88 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga