Yangi pedagogik texnologik tadbiq etish bosqichlari Reja: 1.ilg'or pedagog va novator pedagoglarning ijodkor o'qituvchidan farqi; 2.ilg'or pedagog tajribalarni aniqlash mezoni; 3.Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya; 4.Pedagogik ijodning ahamiyati; 5.Pedagogik texnologiyaning qo'llash sabablari; 6.Pedagogik texnologiyaning shakllanish bosqichlari; 7.Muammoli bosqichlari, vaziyatni yaratish omillari. mustaqil Respublika sharoitida xalq ta'limini o'ziga xos rivojlanish davrini boshidan kechirmokda. Bu o'ziga xoslik avvalo ta'lim - tarbiya mazmunini milliylashtirish, yani uzimizning juda boy o'tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o'z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo'lgan milliy urf - odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni o'qitish baxtiga muyassar buldik. Bu narsa xammamizning kalbimizda yuksak gurur xislarini to'lqinlantiradi. Mana shu sharoitda xammamizdan juda katta kutarinkilik bilan jamiyatimizning yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy gurur ruhida tarbiyalishimizni takozo qiladi. Eski uslub bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bulmaydi. Shuning uchun fikrimizcha, biz bu masalani yangi pedagogik texnologiya asosida amalga oshirishimiz mumkin. Yangi pedagogik texnologiyaning o'zi nima, unga qanday erishib bo'ladi? Yangi pedagogik texnologiya bu qandaydir mavxum, kul bilan tutib bulmaydigan faxm-farosat bilan amalga oshirib bulmaydigan narsa emas. Bu murakkab uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon o'qituvchining bosqichma - bosqich pedagogik mahorat pillapoyalarini egallab, uning yuksak pedagogik mahorat darajasiga kutarilishi kabi nixoyatda qiyin, mashakkatli mehnatning samarasi sifatida xar bir o'qituvchi erishishi mumkin bo'lgan mahorat chukkisidir. Endi buning bosqichlarini ko'rib chiqamiz. Pedagogik texnologiyani egallash eng avvalo tinimsiz mehnat, xar bir o'qituvchining o'z ustida ishlashni takozo qiladi. Bu ish dastlab ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganishdan boshlanishi lozim. ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish va yoyish o'qituvchilar uchun o'z kasb mahoratlarini takomillashtirishning eng kulay shaklidir. ilg'or pedagogik tajriba o'qituvchining o'z pedagogik faoliyatiga ijodkor va novatorlarga yondashib, o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berishning yangi yo'llarini izlab topishdir. Keyingi paytlarda «ilg'or pedagog», «ijodkor o'qituvchi», «novator pedagog» tushunchalari matbuot sahifalarda, pedagoglarning o'zaro suhbatlarida, uslubiy kengash, seminar kengash, va konferensiyalarda ko'p tilga olamiz. Lekin ular aslida uncha yangi emas. «ilg'or pedagog» avvalo boshqa o'qituvchilarga karaganda o'z ishiga mas'uliyat bilan karaydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni urganib o'z darslarida, maktablardan va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda kullaydi. Shu orqali o'quvchilarning ta'lim va tarbiyasida muayyan yutuklarni kulga kiritadi. «Novator pedagog» uzining yaxlit pedagogik vosita va usullarni mavjudligi bilan farqlanib turadi. Shu bilan birga novator o'qituvchilarda ilmiy tahlil, uziga tanqidiy kuz bilan karay bilish xususiyatlari xam bo'ladi. Ularning kupchiligida g'oyat murakkab, boshqalar uziga ishonmaydigan sharoitlarda xam o'z ishlarining to'g'ri ekanligiga ishonchi bo'ladi. «Ijodkor o'qituvchi»da xam «ilg'or pedagog» xususiyatlari bo'lishi mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg'or pedagog mavjud manbalarni urganib, ular asosida ish olib borsa, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.51 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.51 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:30 ]
Arxiv ichida: doc