Yangi pedagogik texnologiya va uning ahamiyati R e j a: ta'lim texnologiyasi falsafasi. 2 O'quv omillarini yaratishga asoslangan texnologiya aktyorlik faoliyati. 3. Tarbiya metodlari - yangi pedagogik texnologiya va an'anaviy ta'lim. 4. ta'lim mazmuni va didaktik jarayon. «ta'lim to'g'risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da fan predmetlari jumladan xorijiy tillarni rivojlantirish va mazkur tillarni xorijiy darslarni o'tish uchun yangi vazifalar yukladi. Nima uchun noan'anaviy darslar kerak bo'lib qoldi. hozirgi sharoitda biz jamiyatga faqat bilim emas balki ijodkor tadbirkor kishilarni xam yetkazib berishimiz kerak. Biz o'z pedagoglik faoliyatimizda natija beradigan tadbirkorlikni qo'lay bilishimiz kerak. Savol - maktabda xorijiy til o'qitishning maqsadi nima. Javob - agar qisqa qilb aytadigan bo'lsak biz tarbiyalayotgan o'qitayotgan qizimiz, o'glimiz bilimli bo'lsin, og'zaki nutqni rivojlangan, nutqi o'sgan, o'z fikrini ravon ifodalaydigan bo'lsin. «ta'lim to'g'risidagi qonun»ga binoan ta'lim mazmunini loyihalash o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash shart bo'lib qoldi. Bu texnologiya markazida o'qituvchi (subyekt) va o'quvchi (obyekt) turadi. Bu ikki shaxsning hamkorligi o'zaro muloqoti milliy talablar asosida tashkil topishi kerak ta'lim texnologiyasi nima? ta'lim texnologiya tushuncha o'rganish demakdir. Texnologiya so'zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig'indisi va obyektga sodir bo'ladigan sifat o'zgarishlari tushuniladi. O'quvchilar o'z ish faoliyatida quyidagi texnologik jarayonda bo'ysindirishlari kerak: tartibga, solish bir tizimga keltirish, oldindan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini bosqichma - bosqich amaliyotga joriy etish. «ta'lim texnologiyasi» tushunchasi «ta'lim metodikasi» tushunchasiga nisbatan bir oz kengroqdir. ta'lim metodi o'qituvchi va o'quvchining birgalikdagi faoliyat ko'rsatish usuli, ta'lim metodikasi esa o'quv predmetini o'qitishning metod, usul va qoidalari tizimini ifodalaydi. ta'lim texnologiyasi ta'lim maqsadiga erishish qurolidir. Pedagogik texnologiyaning mohiyati dedaktik maqsad va uni tadbiq etish hisobga olib ta'lim jarayonini oldindanoldindan loyihalashtirishda aks etadi. Pedagogik texnologiyada ko'zlangan maqsadga erishish o'qituvchining pedagogik mahorati, kommunikativ mahoratini o'quvchilarga muloqot madaniyati, nutqining ravonligi, kommunikativ mahoratining o'quvchilarga ta'siriga bog'liq. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa o'qituvchi o'z mahorati usullaridan darsda qay darajada samarali foydalana olishiga bog'liqdir. Endilikda o'qituvchi o'z o'quvchilarini ruhiy zo'riqishlariga yo'l qo'ymasligini, talabalar nimanlarni bilishi kerakligini bilishi lozim. Xar bir dars mativatsiya vujudga keltirishdan boshlanadi, mativatsiya - o'qish, bilishning kaliti bo'lib hisoblanadi. Bugungi kun o'qituvchisi yo'naltiruvchi, bajaruvchi, nazorat qiluvchi va to'zatuvchidir. hozirgi kun talabi o'qituvchidan aktyor bo'lishni xam talab etadiki, o'qituvchi xam aktyor xam yo'naltiruvchi bo'lishi kerak. Preztimizning «Yangisini kurmasdan turib, eskisini buzmaslik» iborasi ta'lim tizimida xam taalluqlidir. DTSning amalga oshirishda an'anaviy metodlar - so'rov, yozma ish, insho, mutoaalarini o'zi xam etarli etarli bo'lmay qoldi. Dars faoliyatining yanada faollashtirish, tezlatish uchun muammoli izlanuvchan metodlardan ko'prok foydalanish zarur. Kommunikativ maqsadlarni amalga oshirishda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.79 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.79 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:31 ]
Arxiv ichida: doc