Yangi pedagogik texnologiya. Uning maqsadi va predmeti Reja: 1.Yangi pedagogik texnologiyalar va ularning ta'lim tizimiga kirib kelishi. 2. Yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi va predmeti 3. Yangi pedagogik texnologiyaning tamoyillari va prinsiplari 4.Yangi pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta'riflar 5.Xulosa. Kirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta'lim-tarbiya sohasida ulkan odimlarni boshlab berdi. Bu esa har bir pedagog zimmasiga quyidagi asosiy talablarni - ta'lim berish, tarbiyalay olish va ta'lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish, qolaversa nazorat qilish mahoratini rivojlantirish vazifasini yuklaydi. Yangi asr o'qituvchisi yuqoridagilarni bajarishi hamda ta'lim-tarbiya jarayoniga bo'lgan yangicha qarashlarni shakllantirish xislatlariga ega bo'lishi kerak. U o'z faoliyatida qobiliyatli, zamonaviy, ilmiy va madaniy taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi, dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini keng nuqtai-nazardan anglash, qolaversa, kompyuter va boshqa o'qitish texnik vositalaridan ta'lim jarayonida foydalana olishi lozim. Dars jarayonida, ta'lim-tarbiyada o'quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta'lim jarayoni subyekti bo'lishi kerak, ya'ni o'qish, o'rganish, mutolaa qilish talaba zimmasiga o'tishi lozim. O'qituvchi esa, bilim berishdan o'quvchilarning bilimlarni mustaqil egallashlariga ko'maklashishi zarur. Darsni tashkil qilish shakli o'quv maqsadiga, xususiyatiga, ta'lim usullariga va o'qitish imkoniyatlariga bog'liq. Bunga erishish uchun o'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda harakat qiladi. Asosiysi, pedagogik hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'l topa olish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o'zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g'oyani ilgari suradi. Ushbu pedagogik g'oya ta'lim tizimi oldiga: - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash; - kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko'ndalang qilib qo'ydi. Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta'lim jarayonida Pedagogik texnologiyar larga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da Pedagogik texnologiyar larni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan. Respublikamizning taniqli olimlari mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan, ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta'lim-tarbiya amaliyotida qo'llashga intilmoqda. Shu o'rinda savol tug'iladi. Pedagogik texnologiya atamasining mohiyati nimada? «Texnologiya» yunoncha ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:31 ]
Arxiv ichida: pptx