Yangi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat predmetining metodologik asoslari

Yangi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat predmetining metodologik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Yangi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat predmetining metodologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Yangi pedagogik texnologiyalar (yapt) va pedagogik mahorat» predmetining metodologik asoslari Reja: 1. YaPT va pedagogik mahorat fanining maqsadi va vazifalari, mohiyati va tarkibi. 2. YaPT fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Texnologiya, pedagogik texnologiya tushunchalari. Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi. 4. Pedagogik texnologiyaga xorijiy va o'zbek olimlari tomonidan berilgan ta'riflar. 5. Pedagogik texnologiyaning omillari - o'qitishda teskari aloqalar, o'qitish natijalarini aniq baholash, ko'zlangan natijalarga eriishishni kafolatlash. 6. ta'limni standartlash. DTS. Tayanch tushuncha va iboralar: texnologiya, pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiyaga YuNYeSKO bergan ta'rif, jahon va O'zbekiston olimlarining bergan ta'riflari, teskari aloqa, qayta takrorlanadigan o'qitish sikli, bixeviorizm. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p kara takrorlanadi. Pedagogik texnologiyaning maqsadi - ta'lim jarayonining etarli samaradorligini ta'minlash va talabalar tomonidan o'qitishning ko'zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir. Pedagogik texnologiyaning vazifasi: Pedagogik texnologiyalarni ko'llash bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish hamda pedagogik texnologiyalarni loyihalash bo'yicha bilimlar va ko'nikmalarni shakllantirish. Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish psixologiya, pedagogika, kasbiy ta'lim uslubiyoti va pedagogik mahorat fanlaridan olingan bilimlarga asoslanadi. Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi ommaviy ta'lim sharoitida oddiy «o'rtacha» pedagoglarga o'qitishning samaradorligiga erishishini ta'minlash hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning o'rganish sohasi predmeti o'qitish tizimi hisoblanadi. Oliy ta'lim muassasalarida, o'qitish - o'quv materialining to'la o'zlashtirilish prinsipiga tayanmogi lozim, yani fanning o'quv dasturiga asoslangan o'quv materiali, guruhning barcha talablari tomonidan to'la o'zlashtirilishi zarur. «o'quv materialining to'la o'zlashtirilishi» tushunchasi nimani anglatadi? Xar kaysi mavzu bo'yicha o'rnatilgan darajadagi bilim olishga erishilishi, o'quv materialini to'la o'zlashtirish prinsipini anglatadi. Chet elda o'tkazilgan ko'p sonli tadqiqotlarga ko'ra «talabalarning to'la o'zlashtrilishi» tushunchasi o'quv materialining guruhdagi xar bir talaba tomonidan 80-90% ga o'zlashtirilishi tushuniladi, yani xar bir talaba o'quv fanini o'rtacha 85% ga o'zlashtirishi zarur. Bunday natija fakat juda katta tajribali ajoyib professor-o'qituvchilarda esa o'quv materialining bunday o'zlashtirilishini fakat iktidorli talabalar berishi mumkin. Bu sharoitda, qanday qilib talabalarning to'la o'zlashtirishiga erishish mumkin? Bunga erishishning uch yo'li bor: Birinchi yo'l: o'zlashtirish mezonini pasaytirish, hozirgi paytda shundan foydalanayapti, shuning uchun xam hozirgi paytda o'quv materialini, o'quv fanini 55% o'zlashtirgan talaba o'zlashtiradigan talaba deb hisoblanadi. Oliy ta'limning Davlat ta'lim standarti kadrlarning saviyasi va tayyorgarlik darajasiga ko'yiladigan minamal talablar chegarasini belgilaydi. Agar bu minimal talablar 55% ga o'zlashtirilsa, xar bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining umumiy integral bahosi kancha bo'ladi degan savol tugiladi. Tabiiyki bu yo'lning istiqboli yo'kdir. Ikkinchi yo'l: professor-o'qituvchilar tarkibini fakatgina oliy darajali ajoyib professor va dotsentlar asosila tuzish. Ularning xar biri o'ziga xos o'qitish usullari va yo'llari tufayli tayyorgarlik darajasi butunlay har xil bo'lgan, talabalarni to'la o'zlashtirishni ta'minlaydilar. Xakikatda, bir guruhda kirishdagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.82 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.82 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga