Yangi pedagogik texnologiyaning prinsiplari RYeJA: prinsip haqida tushuncha Pedagogik texnologiya doirasida yangi o'quv materialini uzlashtirishning darajalari Yangi pedagogik texnologiyaning prinsiplari 1. Yangi texnologiyalarni loyihalash va ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofik holda foydalanish malum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu asoslar PTning o'ziga xos jihatlarini ifoda etadi va metodikadan farqli tomonlarini kursatib beradi. boshqacha qilib aytganda ularni PT prinsiplari deb atash mumkin. prinsip - lotincha «principium» so'zidan olingan bo'lib asos, dastlabki holat, boshqaruvchi g'oya, umumlashgan talab kabi manolarni anglatadi. Didaktikada olimlar prinsiplarni turlicha talqin qilishadi: pedagogik faoliyatni yulga soladigan didaktik holatlar, tavsiyalar (V.I.Danilov), didaktika va metodikaning barcha savollarini yechish uchun umumiy talablar (I.I.Kobilyatsiy), didaktik maqsadlarga erishish usullari (I.Ya.Lerner) va xokazo. Biz pedagogik texnologiya prinsiplari deganda loyihalangan o'quv-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish uchun rioya kilinadigan umumiy me'yor va talablarni tushunamiz. Demak, uni o'quv jarayonida hisobga olish (rioya qilish) zarur bulsa, yani unga tayanilsagina u yoki bu pedagogik hodisani prinsip deb hisoblash mumkin. Olib borilgan analitik-sintetik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, PT prinsiplari didaktik prinsiplardan tubdan farq qiladi va uzida muhim sifat ko'rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Darvoke, ta'limning tarixiy rivojlanish bosqichlarida o'quv-tarbiyaviy jarayonni amalga oshira oladigan PT mavjud bo'lganmi yoki bu fenomen bugun paydo buldimi? Bu savolga akademik V.P.Bespalkoning javobi kuyidagicha: «Pedagogik texnologiya xar doim xar qanday o'qitish va tarbiyalash jarayonida mavjud, birok eng makbul o'qitish va tarbiyalash texnologiyasini tanlash va anglagan holda boshqarish pedagogika Fani va maktab amaliyoti imkoniyatlari doirasidan chetda kolyapti») Aslida xam maktab (oliy o'quv yurti) amaliyotida PTning moddiy tashuvchilari- kitoblar, texnik vositalar va o'qitish metodikalaridan kupdan buen foydalanib kelinadi yoki oldindan rejalashtirilgan ta'lim-tarbiya jarayoni o'qituvchi faoliyati orqali amaliyotga joriy etilyapti. Shu bilan birgalikda PT- bu kotib kolgan, sikuvga olingan yalangoch loyiha emas, balki ta'lim va tarbiya samaradorligini belgilovchi kator omillarni baholash imkonini beraoladigan ijodkorlik, yaratuvchilik, fidoiylik faoliyati natijasidir. PT prinsiplarini aniklashda quyidagi holatlar etiborga olinadi: 1) mavjud jamiyat talablariga mos keladigan ta'lim-tarbiya maqsadi; 2) didaktik jarayonning obyektiv qonuniyatlari; 3) ta'lim tarbiya jarayonini amalga oshiradigan shart-sharoitlar. 3. Yangi PTni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish xam tuzilish xam mohiyat jihatdan yaxlitlik prinsipiga asoslanadi. Bu prinsip texnologiya loyihasi yaratilayotganda pedagogik tizimning barcha elementlarini o'zaro ta'sir ostida bo'lishini va o'zaro bog'liqligini etiborga olishni takazo etadi. Yani, ta'lim maqsadining katiy aniklanishi (nega va nima uchun?) o'quv jarayoni mazmuni (nima?), tashkiliy shakllari (qanday?), o'qitish metodlari va vositalarini (nima yordamida?) saralash va tanlashga kumaklashishi, shuningdek, o'qituvchining mahorat darajasiga bog'liq holda didaktik jarayon samarasini aniklashga imkon berishi kerak. Yaxlitlik prinsipi pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi elementlardan birini yangilab yoki uzgartirib, kolganlariga tegmaslikni, qayta ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.39 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.39 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:31 ]
Arxiv ichida: doc