Yangi pedagogik texnologiyaning sifat ko'rsatkichlari RYeJA: 1.Yangi pedagogik texnologiyaning sifat ko'rsatkichlari haqida umumiy ma'lumot Testga qo'yiladigan talablar Test topshiriqlarining tabakalari 1. Yangi pedagogik texnologiyaning sifat ko'rsatkichlari nimalardan iborat? U boshqa soha texnologiyalaridan kaysi jihatlari bilan farqlanadi? Ana shu savollarga javob topish uchun kuplab pedagogik adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilishga to'g'ri keldi va natijada bu ko'rsatkichlarning asosiy mazmuni aniklandi: 1. Zamonaviylik. ta'lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajribada tekshirilgan didaktikaga oid yangilklar, faol metodlar va shakllar, tartib-qoidalarni joriy etishning majburiyligi Milliy dastur g'oyasidir. Aslida xam ta'limning taraqqiyot darajasi uning mazmuniga kiritilayotgan fan-texnika yangiliklari bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonda sustkashlikka, harakatsizlikka yul kuyish mumkin emas, aks holda ta'lim inqirozga uchraydi. Shu jihatdan olganda, ta'lim mazmunini uzluksiz yangilab borish Yangi PTning jiddiy shartlaridan biridir. Bu yo'nalishda olib boriladigan ishlar, birinchi navbatda, o'quv dasturlaridan ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati kam bo'lgan tarixiy materiallarni chikarib tashlash maqsadini belgilaydi. Bu harakatlar o'quv predmetini shunday tasavvurlash imkonini bersinki, natijada o'quvchilarda u yoki bu fan to'g'risida mantikiy xulosalar shakllanishi, o'quv materiallarini uzlashtirish jarayonini engillashishi, egallangan bilimlarni amaliyotga qo'llash imkoniyatlari vujudga kelsin. o'quv harakatlarni avtomatlashuviga xam zamin yaratadi, o'quv vaqtini tejashga, o'quvchilar uzlashtirishi zarur bo'lgan va ko'nikmalar xajmini kamaytirishga olib keladi. 2.Ilmiylik ta'limning didaktik masalalarini belgilashda fanning abstraksiya pogonalaridan (V) to'g'ri foydalanish hisobiga erishiladi. o'qitish nazariyasi va o'quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish texnikasini doimiy ravishda rivojlantirish shart. Shundagina zamonaviy ta'lim to'g'risida ijobiy fikrlar aytish mumkin bo'ladi. Bu esa o'z navbatida ta'lim-tarbiya jarayonini uzluksiz tadqiq qilishni, uning natijalarini amaliyotda qo'llash zarurligini kuzda tutadi. o'qitish texnologiyasi - bu ta'limni ilmiy asosda takomillashtirish sinonimii yoxud ilmiylik birinchi galda u yoki bu yechimning kimmati to'g'risidagi xususiy fikrga emas, balki kabul kilinayotgan yechimlarning ilmiy dalillarga tayanishini belgilaydi. 3. o'quv jarayonini makbullashtirish kam kuch sarfi evaziga o'qituvchi va o'quvchi (talaba) ning o'qitish maqsadiga erishishdir. Bu esa ta'lim jarayoni uchun eng makbul sharoit yaratishni, loyihalanayotgan didaktik jarayon bosqichlariga moe holda o'qitish metodlarini shakllarini, texnik vositalarni tanlash belgilangan mavzu maqsadiga muvofik tarzda va o'quv vaqti miqdorini hisobga olib amalga oshirish kerakligini talab etadi. 4. o'qituvchi va o'quvchining dasturli faoliyati o'quv jarayonidan jamiki ortikcha harakatlarni yo'qotishga, yuqori xamjihatlikni ta'minlashga va pirovard natijada - kuzlangan yakuniy natijalarni kulga kiritishga intilishni ifodalaydi. Didaktik jarayonni loyihalashda o'qituvchi «texnolog» sifatida faoliyat kursatadi. Xar bir darsda ta'lim maqsadini aniq urnatishi, utilayotgan o'quv materiallarini mazmunini saralashda o'quvchilarning uzlashtirish faoliyati darajalarini (a) fanni bayon qilishning ilmiy tilini hisobga olishi va nixoyat, tashkiliy shakllarning mosini tanlab, belgilangan vaqt doirasida samarali didaktik jarayonni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich talabiga moe holda o'quv-bilish faoliyatini amalga oshirish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.15 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.15 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:31 ]
Arxiv ichida: doc