Yangi pedagogik texnologiyaning tarkibiy tuzilmasi

Yangi pedagogik texnologiyaning tarkibiy tuzilmasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Yangi pedagogik texnologiyaning tarkibiy tuzilmasi - rasmi

Material tavsifi

Yangi pedagogik texnologiyaning tarkibiy tuzilmasi Reja: ta'lim jarayoniga an'anaviy tushuntirish-ko'rgazmali yondashuv. ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv. ta'lim jarayoniga izlanuvchan yondashuv. ta'limga texnologik yondashuv. Pedagogik texnologiya tuzilmasi. Tayanch tushuncha va iboralar: an'anaviy tushuntirish-ko'rgazmali yondashuv, tayyor bilimlarni bayon qilish, suhbat-hikoya, modellashtirish, refleksiya, tanqidiy-ijodiy tafakkur, ta'limning umumiy maqsadlari, ta'limda umumiy maqsadning ko'yilishi, o'quvchilarning bilimini tashxislash, teskari aloqa, o'quv maqsadlariga erishish usullari, o'quv predmeti bo'yicha maqsadlar, vazifalar ro'yxatini tuzish, tuzatishlar kiritish (korreksiya), o'quv maqsadlariga erishish usullari. Malumki, ta'lim jarayonida talabalarning mustaqil o'qish, bilim orttirish bo'yicha faolligini ta'minlashga qaratilgan kator ta'lim usullari ishlab chiqilgan. Ular jumlasiga muammoli ta'lim, amaliy o'yinlar, rolli o'yinlar va x.k.ni ko'rsatish mumkin. Birok ularni oliy ta'lim tizimida keng ko'llanitayapti deb bo'lmaydi. Bizning fikrimizcha, buning asosiy sababi shundaki, bunday mashg'ulotni xar biriga tayyorlanishni o'zi butun bir pedagogik tadqiqot bo'lib, u yuksak professionalizmni, ijodiy yondashuvni va ancha vaqt sarflashni takoza etadi. Xar bir mashg'ulotning stsenariyasi, odatda, o'ziga xos bo'lib uni ko'paytirish mumkin emas. ta'limga texnologik yondashuvning tub mohiyati, maqsadini tushunish uchun, bir-biridan keskin farq qiluvchi an'anaviy tushuntirish-ko'rsatmali, texnologik va kidiruv-ijodiy ta'lim turlarini qarashga o'tamiz. Dastavval, ularning eng umumiy belgilarini taqqoslash asosida o'rganamiz. Bu mazkur mavzu boshqa masalalarni qarashda pedagogik texnologiyaning barcha tomonlari bilan batafsil tanishishga imkon beradi. an'anaviy tushuntirish-ko'rsatmali ta'lim turi Mazkur ta'lim usuli an'anaviy ta'lim turi bo'lib, unda o'quv axboroti asosan o'qituvchi tomonidan bayon kilinadi, o'quvchilar esa mazkur bilimlarni xotirasida saqlash lari va mustahkamlashlari kerak. Bunda K.G.Markvardtga (1981) asosan bilim tushunchasiga kiritilgan mano xotirada saqlanayotgan axborot deb tushuniladi. Talabalarda bu bilimlarning borligini imtixonlarda ularni xotirada qayta tiklab takrorlab aytib berishi, yani bu bilimlarga to'gridan-to'gri murojaat kilinganda, ularni xech qanday ko'llanmasiz xotirada aytib berishi tekshiriladi. Bu tizimda bilimlar-asosan yodda saqlash natijasidir, ko'p xollarda bu formal ma'lumotlardir. Ular xotirani ichidan yuzaga chikariladi, boshqacha qilib aytganda unga to'gridan-to'gri murojaat qilib savol berilganda esga (yodiga) keltiriladi. Birok o'qish-o'qitish natijasi xotirlash darajasidagi bilimlar xotirada uzoq saqlanmaydi, zarur vaqtda o'quvchilar ularni juda qiyinchilik bilan eslaydi, ko'p xollarda esa umuman eslayolmaydi. o'quv materialini o'zatish tizimida o'qituvchi-o'quvchiga tayyor bilimlarni imkoniyatidan kelib chikib, talabaning ushbu bilimlarga bo'lgan ehtiyoji bor-yo'kmi hamda uning faollik darajasini qanday bo'lishidan katiy nazar beradi. Shunga ko'ra o'qituvchining asosiy vazifasi-zarur axborotlarni o'quvchilarga otirada uni mustahkamlash bilan bog'liq ishni bajarishdan iboratdir. Bunday o'quv jarayonida fan uchun ajratilagn o'quv soatlar, ma'ruzalar, laboratoriyalar, amaliy mashg'ulotlar o'rtasida saotlarni taksimlash katiyan belgilab ko'yiladi. Birok o'qish-o'qitish natijasi umuman belgilab ko'yilmaydi, u asosan pedagog vijdoniga havola kilinadi. V.Guzeev takidlaganidek, an'anaviy ta'lim metodikasi uchun o'qish-o'qitish maqsadlarini noanik bayon qilish xarakterli bo'lib ular dastur talablari bilan ifodalanadi, xolos. Bunda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.17 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.17 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga