Yaponiya ta'lim tizimi

Yaponiya ta'lim tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Yaponiya ta'lim tizimi - rasmi

Material tavsifi

Yaponiya ta'lim tizimi Yaponiya haqida Yaponiya - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Uning hududida 6,5 mingga yaqin orol bor. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Yaponlar o'z davlatlarini Nixon, Nippon deb atashadi. Uning manosi Kunchiqar mamlakat deganidir. Maydoni 377,8 ming kv.km. Aholisi 127 mln. 960 ming kishi (2011 y). Aholisi bo'yicha dunyoda 10 o'rinda turadi. Poytaxti - Tokio shahri. 1992 yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi o'z faoliyatini boshlagan. Yaponiya bayrog'i Yaponiya gerbi Yaponiya haqida Davlat boshqaruvi konstitutsion parlamentar monarxiyaga asoslangan. Konstitutsiyaga ko'ra, Yaponiya imperatori davlatni boshqarishda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tayanadi. Barcha davlatlararo rasmiy uchrashuvlarda imperator davlat boshlig'i sifatida qatnashadi. Akixito 1989 yildan beri Yaponiya imperatori bo'lib kelmoqda. Uzluksiz ta'lim tizimi Maktablar quyidagicha bo'lingan: 1. Boshlang'ich maktab 6 yil. 2. O'rta maktab 3 yil. 3. Katta maktab 3 yil. Uzluksiz ta'lim tizimi O'quv yili aprel oyidan boshlanadi. Boshlang'ich hamda o'rta maktab barcha uchun majburiy hamda bepuldir. Boshlang'ich maktab o'quvchilari (1-6 sinflar) uchun uyga vazifa berilmaydi. Biroq o'rta (7-9 sinflar) va oliy maktab (10-12 sinflar) o'quvchilari uchun ko'p uy ishi beriladi. Bog'cha Yaponiyada bolalarni 6 yoshga to'lishi bilan maktabga berishadi. Unga qadar ular bog'chada ta'lim-tarbiya olishadi. Bog'cha davrida bolalarga o'qituvchilar sodda hisob-kitoblarni, shuningdek, xiragana va katakana alifbolarini o'qishni o'rgatishadi. Boshlang'ich maktab (1-6 sinflar) Boshlang'ich maktablarda odatda bir kunda 3 ta dars bo'ladi. Kamdan kam hollarda 4 ta dars bo'lishi mumkin. Maktabda darslar odatda 8:30da boshlanadi. Har dushanba kuni lineyka bo'ladi. Boshlang'ich maktablarda darslar 45 daqiqadan iborat. BU YeRDA O'QUVChILAR: Ona tili Matematika Biologiya Fizika Kimyo Tarix Etika Musiqa Rasm Jismoniy tarbiya Uy xo'jaligi kabi darslarni o'qishadi. Boshlang'ich maktab (1-6 sinflar) Boshlang'ich maktabni tugatganga qadar bolalar 1006 ta kanjini yod olishlari talab etiladi. O'rta maktabda yuqoridagi fanlarga qo'shimcha ravishda yana ingliz tili va bir qancha maxsus fanlar qo'shiladi. Ushbu fanlarning soni maktablarga qarab turlicha bo'ladi. O'rta maktab (7-9 sinflar) Maktab formasi majburiy hisoblanadi. Dars 50 daqiqa davom etadi. Bir kunda 6 tagacha darslar bo'ladi. Oliy maktab (10-12 sinflar) Maktab formasi majburiy hisoblanadi. Dars 50 daqiqa davom etadi. Bir kunda 6 tagacha darslar bo'ladi. Yuqori maktabda fanlar birmuncha boshqacharoq taqsimlangan. O'quvchilarga oliy maktabda ko'proq maxsus ixtisoslashgan fanlar o'qitiladi. Dzyuku, yani mahorat maktabi Dzyukular qo'shimcha maktab bo'lib, ular bolalarni mavzuni o'zlashtirishlariga ko'maklashadi. Ushbu maktablarni repetitorlik maktabi deyish ham mumkin. U yerda maxsus yollangan o'qituvchilar bolalarga maktabda tushuntirilgan mavzuni yanada chuqurroq o'rgatishadi. Dzyuku, yani mahorat maktabi Ilk bora ushbu maktablar Tokioda XVII asrda paydo bo'lgan. Maktabda 10ga yaqin bolalar tahsil olgan. Bir necha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga