Yarim sharlar asimmetriyasi va psixik jarayonlar

Yarim sharlar asimmetriyasi va psixik jarayonlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Yarim sharlar asimmetriyasi va psixik jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

Yarim sharlar asimmetriyasi va psixik jarayonlar R e j a : Yaim sharlar asimmetriyasi va psixik jarayonlarning o'ziga xosligi. Yaim sharlarning o'zaro aloqasi. Ta'lim samaradorligida o'ng yarim sharning roli. Ruhiy faoliyatlarning o'ziga xos xususiyati va aloqasini tahlil qilar ekanmiz, bu jarayonlarning inson miyasi tuzilishidagi o'ziga xoslik bilan mavjud munosabatiga alohida to'xtalib o'tish zarur. Psixik jarayonlar namoyon bo'lishida chap va o'ng yarim sharlarning o'zaro munosabatini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Nima uchun ba'zi kishilarning chap qo'li o'ng qo'liga nisbatan faolroq bo'ladi? Bosh miya po'stloq qismida har bir ruhiy jarayonning aniq va yagona (lokalizatsiya) joylashgan o'rni borligi haqidagi fikrlardan so'nggi yillarda uzoqlashish vujudga kelmoqda. Maxsus sharoitlar miyaning biror qismini olib tashlash, u yoki bu jarayonning batamom yo'qolib kyetmaganligi yuqoridagi fikrga turtki bo'ldi. Hozirda bosh miyaning funktsional tuzilmalari munosabatlarini o'rganuvchi yo'nalishlarni quyidagicha ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi eng muhim umumiy yo'nalish A.R.Luriya ishlarida o'z aksini topgan bo'lib, u uchta funktsional blokni ajratib ko'rsatish bilan xarakterlanadi: a) energetik blok-miya ustunchalari va po'stloq osti tuzilmalarini o'z ichiga oladi; b) informatsion blok-miyaning ensa, chakki va tepa qismlarini qamrab oladi, v) boshqaruvchi blok-bosh miyaning pesxona qismiga joylashgan. Ikkinchi yo'nalish bosh miya yarim sharlari simmetriyasi bilan bog'liq xususiyatlarni o'rganadi. Bu yo'nalishga B.G.Anan'ev N.M.Traugott va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Uchinchi yo'nalish har bir funksiyaning bitta yarim sharda bir necha markazlari borligini chuqur o'rganishga qaratilgan. Tibbiyot amaliyotida ba'zi bemorlarda ikki yarim sharni bog'lab turuvchi nerv aloqasini o'zib quyishga ham to'g'ri kelgan. SHunday hollarda har bir yarim shar alohida mustaqil miya sifatida ishlay boshlagan. Ayrim kasalliklarda ba'zi qismlar shikastlanadi yoki jarrohlik yo'li bilan olib tashlansa, qaysi funksiyalarning o'zgarishga qarab ba'zi ma'lumotlarni to'plash mumkin. CHapaqaylar mashhur kishilar bo'ladi, degan fikrga munosabatingiz qanday? Lateralizatsiya haqidagi barcha ma'lumotlar, o'ng va chap yarim sharlarda oliy psixik funksiyalar bir xil taqsimlanmaganligini tasdiqlaydi. Barcha kishilar uchun xos bo'lgan yarim sharlararo umumiy farqlardan tashqari, individual farqlar ham mavjud. Masalan, barcha o'naqaylarda chap yarim shar dominanta (ustun) bo'ladi deb hisoblab kelingan bo'lsa, ayrimlarda o'ng yarim shar ustun bo'lishi ham mumkin ekan. Miyaning chap va o'ng yarim sharlari vaqtni turlicha idrok qilishi aniqlangan. Ma'lum bo'lishicha, o'ng yarim shar tashqaridan keladigan signallarni real vaqtda qayta ishlaydi. Vaqtinchalik uzib qo'yilgan vaqtda esda qoldirilgan materiallar xuddi faol holatda idrok qilingan vaqtga ko'chiriladi. Tadqiqotlar, xotirada har ikki yarim sharning o'ziga xos o'rni borligini aniqlagan. Vaqtinchalik uzib qo'yilgan o'ng yarim shar bilan, odam eshitgan so'zlarini takrorlab borishi, uzoq vaqt esda saqlab turishi mumkin. Ammo chap yarim shar uzib quyilganda qarama-qarshi holatni kuzatish mumkin. So'zlarni esda qoldirish buziladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.94 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.94 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga