Yevropamamlakatlarida maktab, ta'lim-tarbiya va pedagogika Reja: 1. Rivojlangan mamlakatlarda komil insonni tarbiyalash muammosi. 2. Vengriya va Germaniyada xalq ta'limi tizimi. Fransiya ta'lim tizimi 3. Ruminiya, Chexiya, Slovakiyada maktab ta'limi. 4. Rivojlangan mamlakatlarda maktab ta'limining mazmuni. Rivojlangan mamlakatlarda komil insonni tarbiyalash muammosi Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo'lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o'zgarishlarni insonning o'zini o'zgartirmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o'z-o'zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari yetakchi o'ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta'lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o'qitish usullari va metodlari ma'nan eskirib, ta'limning ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o'rganib borar ekan, insonni, uning ma'naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam - olam ichidagi kichik olam bo'lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o'z aksini topgandir. Bu hol olamni to'la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqazo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish ko'zga tashlanadi. Shuning uchun bu mamlakatlarda insonni faqat zamonaviy ishlab chiqarish ilmi bilan qurollantirish, axborot texnologiyalari, boshqaruv malakalarini o'rgatishga ustivor soha sifatida qaralmoqda. Ulardagi maktablar ta'lim-tarbiyasi oldiga ham shunday vazifa qo'yilgan bo'lib, kichik olam (Najmiddin Kubro) ning moddiy ehtiyojlari yetakchi o'ringa, ma'naviy ehtiyojlar keyingi o'ringa tushib qolayotir. Vengriya va Germaniyada xalq ta'limi tizimi Sobiq sho'rolar imperiyasi barham topguniga qadar Yevropadagi qator mamlakatlarda xalq ta'limi taraqqiyoti sobiq kommunistik firqalar mafkurasi asosida amalga oshirildi. Ammo, mamlakatlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yoshlarga zamon talablari asosida ta'lim-tarbiya berish, ularni ilmiy-texnika inqilobi yutuqlariga asoslangan kasbiy bilimlar bilan qurollantirish lozim deb qaraldi. Shuning uchun mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan davlat qarorlari qabul qilindi. Vengriyada (1980 y) va Chexoslovakiyada (1981) maktab ta'lim-tarbiyasi sifatini tubdan o'zgartirish yo'nalishida dadil qadamlar tashlandi. Maktab ta'lim-tarbiyasi puxta o'ylangan reja asosida yo'lga qo'yildi. Sotsialistik tuzum barham topguniga qadar mazkur mamlakatlarda jadal industrlashtirish yo'llarida (50 -y) yoshlarga umumta'lim va kasbiy ta'lim berish ehtiyoji kuchaydi. Qishloqlarda jadal sur'atlar bilan yirik maktablar barpo etildi, mavjud maktablar yarim internatlar shakliga o'tdi. O'quvchilar kontengentining 30 % i yarim internatlar va kuni uzaytirilgan guruhlarga jalb etildi. Majburiy ta'lim 8 yillik bo'lib, ta'limning ishlab chiqarish bilan aloqasi kuchaytirildi. 70 - yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i (8-sinfni) turli shakllardagi umumiy o'rta ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.06 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.06 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:31 ]
Arxiv ichida: doc