Yevropamamlakatlarida ta'lim tizimining tuzilishi Reja: 1. Rivojlangan mamlakatlarda komil insonni tarbiyalash muammosi. 2. Vengriya va Germaniyada xalq ta'limi tizimi. Fransiya ta'lim tizimi 3. Ruminiya, Chexiya, Slovakiyada maktab ta'limi. 4. Rivojlangan mamlakatlarda maktab ta'limining mazmuni. Rivojlangan mamlakatlarda komil insonni tarbiyalash muammosi Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo'lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o'zgarishlarni insonning o'zini o'zgartirmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o'z-o'zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ta'limning mazmuni Boshlang'ich sinflarda - umumta'lim asoslari (o'qish, yozuv, hisob malakalari) shakllantiriladi. O'quv soatlarining yarmi ona tiliga, chorak qismi matematikani o'rganishga ajratiladi. Qolgan soatlar - rasm, musiqa, mehnat, jismoniy tarbiyaga ajratiladi. Qisman tabiatshunoslik va tarixga doir ilmlar beriladi. Shunga qaramasdan boshlang'ich ta'lim muddatlari turlicha (Germaniya - 3 yil, Chexoslavakiya - 4 yil), Bolgariya, Vengriya mamlakatlarida boshlang'ich sinflar o'quvchilari to'garaklar (raqs, harakatli o'yinlar) ga ham jalb qilinadi. GERMANIYADA MAKTAB TA'LIMI Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta'lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bog'chalarni mablag' bilan ta'minlash turli jamoat tashkilotlari xayriya birlashmalari, korxonalar xususiy shaxslar doimiy muassasalar zimmasidadir. Majburiy ta'lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga tegishli ya'ni bu jarayon 21 yil davom etadi. Bundan 9 yillik maktabda to'la haftalik o'qishda o'qiydi. O'qish davlat maktablarida tekin. Boshlang'ich maktabdan so'ng o'quvchilar yo'nalish bosqichidagi maktabda o'tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yo'nalish maktablarda maxsus dastur asosida o'qiydilar. Germaniyada o'quv rejasida I sinfga 21 soat, II sinfga 24 soat, II sinfga 26 soat (nemis tili, vatanshunoslik, matematika, mehnat, maktab qoshidagi uchastkada ishlash, rasm, musiqa, jismoniy tarbiya) ajratilgan. CHexoslavakiyada o'quv rejasida I sinfga - 20 soat, II sinfga - 22 soat, II sinfga - 24 soat, IV sinfga - 24 soat ajratilgan. Bolalar maktabga qabul qilinishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Ko'p mamlakatlarda 1-2 yillarda sinfda qoldirilmaydi. Kuni uzaytirilgan guruhlarda o'quvchilarning 60-70 % i qamrab olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyaga asoslangan yangi o'quv dasturlari va rejalari joriy etilmoqda. Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalari keng miqyosda kirib borayotir. Vengriya va Germaniyada xalq ta'limi tizimi Bolalar bog'chalari - 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %). Bog'chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov mashg'ulotlariga jalb etiladi. Bog'chalardagi mashg'ulotlar aholining ish rejimiga bog'liq holda tashkil etiladi. Umumiy majburiy ta'limga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar jalb etiladi. Bu amalda 2 bosqichli 8 yillik ta'lim bo'lib, I-IV, V-VII sinflarni o'z ichiga oladi. 1-sinfga qabul ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
747.53 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
747.53 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:31 ]
Arxiv ichida: ppt