Yevropada inson va jamiyatning mohiyati to'g'risidagi g'oyalar

Yevropada inson va jamiyatning mohiyati to'g'risidagi g'oyalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Yevropada inson va jamiyatning mohiyati to'g'risidagi g'oyalar - rasmi

Material tavsifi

Yevropada inson va jamiyatning mohiyati to'g'risidagi g'oyalar Reja: Xristian nazariyotchilarining jamiyat va inson haqidagi g'oyalari Uyg'onish davri mutafakkirlarining inson va ijtimoiy hayot to'g'risidagi fikrlari Xayoliy sotsializm haqidagi ta'limotlar Xristian nazariyotchilarining jamiyat va inson haqidagi g'oyalari Xristian dini aqidalarini xalq ommasiga singdirish, ularni ana shu qarashlarning haqiqat ekanligiga ishontirish, rasmiy davlat boshqaruvi tizimini ham unga moslashtirish, hattoki hokimiyatni unga bo'ysundirish ko'p jihatdan xristian nazariyotchilarining ijodi va faoliyatiga bog'liq bo'lgan. Ana shunday kishilardan biri Avreliy Avgustindir (354-430). U shimoliy Afrikadagi Numidiya davlatining Tagast shahrida tug'ilgan, manixeychilik, platonizm orqali xristianlikka e'tiqod qo'yadi va 387 yili xristianlikni qabul qiladi. Shimoliy Afrikadagi Gippo shahri episkopi darajasiga ko'tariladi. Uning asosiy asarlari Tavba, Uchlik haqida, Iloh shahri haqida (O grade bojem) va boshqalar. Avgustin dunyoqarashi teotsentristik xarakterdadir. Xudoning birlamchiligi tamoyilidan u yaratgan ruhning, jonning tanadan, iroda va hissiyotning aqldan ustunligi qoidalari kelib chiqadi. Xudo oliy mohiyatdir. Faqat uning mavjudligigina hech narsaga bog'liq emas, boshqa hamma narsalar uning irodasi tufayligina mavjuddir. Xudo barcha narsalar mavjudligining, ular o'zgarishlarining sababidir; u dunyoni nafaqat yaratdi, balki uni doimo saqlab turadi, uni yaratishda davom etadi. Avgustin dunyo bir martagina yaratilgan, keyin uning o'zi rivojlanadi, degan fikrni inkor qiladi. Jonni Avgustin Platonning ideyasi ruhida tushunadi va u fikrlash, iroda, xotira kabi funksiyalarni bajaradi hamda hech qanday biologik funksiyalarga ega emas, deb hisoblaydi. Jon tanadan mukammalligi bilan ham farqlanadi va bu mukammallik xudodandir, demak jon, ruh xudoga yaqin va o'lmasdir. Biz tanadan ko'ra jonni, ruhni yaxshiroq bilamiz, xudoni ham tana emas, ruh orqali bilamiz, tana bilishga xalaqit beradi. Ruhning tanadan ustunligi sababli inson faqat u haqdagina g'amxo'rlik qilishi, o'zidagi hissiy zavqlanishni bostirishi kerak. Ruhiy hayotda asosiy narsa aql, tafakkur emas, irodadir. Insonning mohiyatini passiv hisoblanmish tafakkur emas, faol bo'lmish iroda belgilab beradi. Avgustin bu tamoyilni psixologiyagagina emas teologiyaga ham joriy qiladi: irodaning faolligi ilohiy mohiyatga ham tegishlidir. Shu manoda uning falsafasi intellektualizm va ratsionalizmdan volyuntarizmga boradi. Avgustin dunyoqarashida hamma narsa yagona, mukammal, absolyut borliq bo'lgan xudoga taqaladi, uningsiz hech narsani amalga oshirib ham, bilib ham bo'lmaydi, moddiy dunyo esa xudoning mahsuli, va uning aks etishidir. Tabiatda hech bir narsa g'ayritabiiy kuchlar ishtirokisiz sodir bo'lmaydi. Xudo yagona borliq va haqiqat sifatida metafizikaning mazmunidir; xudo bilishning manbai sifatida bilish nazariyasining predmetidir; xudo yagona bo'lmish yaxshilik va go'zallik sifatida etikaning predmeti hisoblanadi; xudo barcha narsaga qodirlik va mehr-saxovatga to'lalik sifatida dinning asosiy masalasi sanaladi. Avgustin fikricha inson hayotining maqsadi va mazmuni baxtga erishishdir. Baxtga esa yagonalik bo'lmish xudoda erishish mumkin. Shu manoda insoniy baxtga erishish eng avvalo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.29 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.29 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga