Reja: Yordamchi maktablarda o'quvchilarni tarbiyalashning maqsadi, vazifalari. Yordamchi maktablarda qo'llaniladigan tarbiya usullari va qoidalari. Yordamchi maktablarda beriladigan tarbiya turlari. Tayanch iboralar va tushunchalar: intellektual, hissiy-irodaviy sohalar, psixologik-jismoniy-hissiy nuqsonlar, tarbiya usullari, tarbiya qoidalari, tarbiya turlari. Tarbiya nazariyasi yangi inson shakllatirishining umumiy qoilalarini ochib beruvchi еtakchi ilmiy g'oyalar tizimidan iborat. Tarbiya jarayoning natijalari odatda bir xil xarakterda bo'lmaydi. Bu narsa ko'pgina sabablarga, o'quvchilarning individual muvaffaqqiyatlariga, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasiga, shaxsiy munosabatiga bog'liq. Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy qadrli fazilatlarini shakllantirishga, uning atrofga, odamlarga, o'ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir. Yordamchi maktab o'quvchisi tengdoshlari va katta yoshdagilarining ijtimoiy normalarga zid xatti-harakat qilganliklarining guvohi bo'lamiz. Tarbiya jarayonining tashqi ziddiyatlardan biri tashqi talablar bilan aqli zaif o'quvchining o'z xulq-atvori o'rtasidagi ziddiyatdir. Insonning shaxs bo'lib shakllanishi uchun faoliyat turlari to'g'ri tashkil etilgan bo'lishi kerak. Shakllanayotgan shaxs faoliyatining asosiy turlari pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilgan taqdirdagina tarbiyaviy jarayon vositalari bo'la oladi. Faoliyatning ijtimoiy foydali bo'lishining o'zi kifoya emas, u o'quvchining o'zini qanoatlantirishi, u o'quvchining shaxsiy idealiga to'la mos kelmasada asosiy xususiyatlari bilan muvofiq kelishi kerak. Bola nima qilayotganligini, shu paytda unda qanday ruhiy kechinmachar ro'y berayotganligi va u nimaga erishayotganligini, atrofdagilarga qanday munosabatda bo'layotganligini ham nazarda tutish muhim. Yordamchi maktablardagi tarbiyaviy jarayon, shaxsning ehtiyoj motivlarini qanchalik boyitsa va qayta ko'rsa, uning intellektual va hissiy-irodaviy aktivligi qancha ko'proq rivojlantirsa, bu jarayonning samaradorligi shuncha yuqori bo'ladi. Barcha maktablarda tarbiya prinsiplari umumiy ko'rinishga ega. Ammo, aqli zaif bolalarning psixologik, jismoniy, hissiy nuqsonlariga ko'ra o'ziga xos prinsiplardan foydalaniladi. Yorlamchi maktab o'quvchilarining tarbiyalash vositasi bo'lgan faoliyatning barcha turlariga puxta yo'nalish berilishi shart. Yordamchi maktabda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga maktabda, sinfda yurish-turish qoidalarini, o'rtoqlari bilan muomalani o'rgatadi. O'qituvchi ham birinchi kundayoq o'z sinfini, butun maktabini ko'rsatadi, o'quvchilar o'zlarini qanday tutishlarini, ular qanday shug'ullanishlarini, darsda qanday o'tirishlarini, tanaffus vaqtida qanday dam olishlarini o'rgatadi. Tushuntirish bilan bir qatorda tarbiyachi ularni katta yoshdagi kishilarga salom berish uchun partani taqqillatmasdan o'rnidan turishini, ko'pgina tartiblarga rioya qilishni o'rgatadi. Yordamchi maktab bolalari rag'batlantirishni yaxshi ko'radi. Dastlabki kunlari tarbiyachi ayrimlarining yaxshi xulqi uchun maqtab qo'yadi, boshqalariga esa gapga e'tibor bilan quloq solishini tushuntiradi. Shu tarzda aqli zaif bolalarni tarbiyalash jarayonida yordamchi maktab tarbiyachisi ta'sir etishning turli usul va yo'llaridan foydalanadi. Yordamchi maktablarda tarbiyachi va o'qituvchining jonli so'zi hamisha bola shaxsining g'oyaviy va ma'naviy shakllanishida katta rol o'ynaydi. Tarbiyaviy mazmunda bo'lgan suhbatlar turli mavzularda: etnik (jamiyatdagi insonlarning yurish turishlari haqida) estetik xulq-atvor go'zallik haqida olib boriladi. Tarbiyaning asosiy еtakchi usullaridan biri namuna asosida tarbiyalashdir. 2. Axloqiy tarbiya deganda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.9 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.9 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:31 ]
Arxiv ichida: doc