Yosh davrlar psixologiyasining rivojlanish bosqichlari Reja: Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi. Yosh davrlarni tabaqalash nazariyasi. O'tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo'nalishda, ma'lum konsepsiya asosida o'rganmagan bo'lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo'lishi, rivojlanishi va o'zgarishlari to'g'risida qimmatli fikrlar bildirganlar. Bular to'rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri - xalq ijodiyoti; rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi - maxsus ijodkor kishilira (hatto, xukmdorlar) muayyan shaxsga bag'ishlab yozgan o'git-nasihat va hikoyalar, uchinchisi - qomusiy, o'rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to'rtinchisi - turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya'ni badiiy asarlardir. Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy mushohadalari Ideal shahar aholisining fikrlari, Masalalar mohiyati, Falsafiy savollar va ularga javoblar, Jism va aktsidentsiyalarning shakllariga qarab bo'linishi, SHarhlardan, Xikmat ma'nolari, Aql ma'nolari to'g'risida kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o'zining o'tmish yodgorliklari kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma'lumotlarni keltiradi. Shu jumladan,, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarning uzun-qisqaligi to'g'risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog'laydi. Bu jihatdan uning Hindiston, Mineralogiya asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega. Ibn Sinoning 5 tomlik Tib qonunlari asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo'llari, fiziologik jarayonlar bilan bog'liq psixik jarayonlar bilan bog'liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma'lumotlar bor. Uning Odob haqida risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to'g'risidagi jiddiy asardir. Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig asaridagi ma'lumotlar ham hozirgacha o'z qimmatini yo'qotmagan. AQSHlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta'lim o'rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligi aytib, insonning kamolot sari intilishi bilan olish samaradorligini oshirsa, o'qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi. SHu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o'tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga o'rta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissalarini qo'shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma'lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalarning o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Yosh davrlarining tabaqalash nazariyalari. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo'yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritiladi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixo-analitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin. Quyidagi mazkur nzariyalar va ularning ayrim namoyandalar ifodalagan yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko'rib chiqamiz. Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo'lib, ana shu omil bilan o'zaro bog'liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirish bosh maqsadi biologik determinantlrga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. Rivojlanish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.03 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.03 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc