Yosh davrlari psixologiyasi fanining vazifalari va tadqiqot usullari

Yosh davrlari psixologiyasi fanining vazifalari va tadqiqot usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Yosh davrlari psixologiyasi fanining vazifalari va tadqiqot usullari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti. 2. Yosh davrlar psixologiyasi faning prinsiplari va tatkikot usullari. 3. hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o'quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug'ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o'zaro munosabati qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini,uning har xil faoliyatini yer va ayolning jinsiy tafovvutlarini ,shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash uchun , shu sohadagi ma'lumotlarni to'plash xam mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug'ilishidan voyaga etgunicha xar tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli azosi bulgunicha ulgayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash yosh davrlari psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Yosh davrlari psixologiyasi sohasi inson psixikasi fakat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatdan xam rivojlanishi, takomillashib borishi va o'zgarishi haqidagi metodologik qoidaga amal qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o'ziga xos omillari mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning o'ziga xos xususiyatlarini xam o'rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda ta'lim-tarbiyada, gruxlar hamda jamoalarda ,ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida urin tutadi.Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonunlarini hisobga olmay oqilona xal qilib bumaydi. Shuning uchun hozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi- inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to'g'risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart sharoitlarning o'zaro ta'siri xususiyatlarini aniklashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish Bilan Amaliy maqsadlarni ruyobga chikaradi. ta'lim tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi . moddiy nematlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to'g'ri yo'naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko'rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mutsaxkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur psixologiya fanining sohasi 19-asrning boshlarida vujudga kelgan lekin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga borib takaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to'g'risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda keng tarkalganlari biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevoritsik (Ye.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar xam juda ko'p. Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma'lumotlar yosh davri psixologiyasining mutsakil Fan sifatida ajralib chiqishiga kator omillar va holatlar sabab bo'lgan degan xulosaga keldik. kuyida ana shularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.55 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.55 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga