Yoshga qarab psixologik maslahat berishning nazariy masalalari va vazifalari Bolaga maslahat berishning vazifalari va dolzarb muammolari Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan ko'proq vaqt ichida xorijda rivojlanayapti. Bunga A.Binening tarixiy ishlari asos solgan. Uning ishlari sog'lom, pedagogik qarovsiz bolalarni, taraqqiyotda normadan chetga chiqqan bolalardan ajratish maqsadida aqliy taraqqiyotni o'lchash metodlarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Rus psixologiyasida bola psixik taraqqiyotini doimiy nazorat qilish zarurligi XX asming 20-yillaridayoq tan olindi. Bu bilan bog'liq ravishda L.S.Vigotskiy olimlarni har bir yoshning hamma xususiyatlanni, normal va nonormal taraqqiyotining barcha asosiy tiplarini, tuzilishini, o'zgarishlarini, rivojlanishini o'rganishga chorlaydi. Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotni murakkablashtiradigan qator noto'g'ri fikrlarning kuchayganligi bilan duch kelmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillaming qarama-qarshi ta'sir ko'rsatishi sezilarli o'rin egallaydi. Masalan, ota-onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, ko'pchilik bolalarning bolalar muassasalarida tarbiyalanishi ota-onalar psixologiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Ota-onalar o'zlarining funksiyalarini bog'chalarga, keyinchalik maktablarga ag'darib qo'ymoqdalar. Ota-onalarning ajralishi bola psixikasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, oilaningbuzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib qo'yadigan kuchli psixologik omil bo'lib, unga ko'nikish uchun bolaga kamida 2 yil kerak. Tarbiyaviy xavfli guruhga yolg'iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar ham kiradi. Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o'rin egallaydi. Misol uchun tibbiyot mezonlariga qaraganda maktab yoshidagi bolalarning 15-20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixoterapiyaga muhtojlar. Maktabda keng tarqalgan psixologik muammolar juda ko'p: o'quv motivatsiyasining yo'qligi, past o'zlashtirish, o'qituvchilar va tengdoshlari bilan nizoli munosabatlar, o'z-o'zini past baholash, jamiyatga qarama-qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar. Yuqorida sanab ko'rsatilgan muammolarning ko'pchiligi hozirgi maktablarda va jamiyatimizda shaxs rivojlanish bosqichlarda ehtiyojlami va chuqur qonuniyatlarni yetarlicha hisobga olmaslik, barcha bolalarga bir xil talab qo'yish natijasida ularning individual-psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olmaslik sabab bo'Imoqda. Bolaning ko'pgina ijobiy xususiyatlari, masalan, she'riyatga, matematikaga, musiqaga va boshqalarga nisbatan erta ko'ringan layoqatlilik yoki umumiy psixik taraqqiyotining juda oldindaligi ko'pgina psixologik va pedagogik muammolarning manbayi bo'lishi mumkin. Yoshga qarab psixologik maslahat berishning umumiy vazifasi bola psixik taraqqiyoti borishini, bu jarayonni davrlarga bo'Iish va belgilangan normaga muvofiq, tasawurlar asosida nazorat qilishdan iborat. Bu umumiy vazifa hozirgi kunda quyidagi aniq vazifalami o'z ichiga oladi: ota-onalarni, o'qituvchilarni va bola tarbiyasida ishtirok etadigan boshqa shaxslarni bola psixik taraqqiyotining yosh va individual xususiyatlariga jalb qilish; psixik taraqqiyotning buzilishlarini va har xil normadan chetga chiqishlarni o'z vaqtida aniqlash va ularni psixologik, tibbiy pedagogik maslahatlarga yo'llash; jismoniy yoki asab psixik sog'lig'i kuchsizlangan bolalarda ikkinchi marta takrorlanishi mumkin bo'lgan psixologik asoratlaming oidini olish, buning uchun tavsiyalarberish (bolalar patopsixologi va shifokorlar bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.98 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.98 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc