Yoshlar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari

Yoshlar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Yoshlar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Yoshlar jamoasi - tarbiyaning eng muhim omilidir. 2. Yoshlar jamoasini tashkil qilish. 3. Bolalarni jamoa uchun, jamoa orqali tarbiyalashning shaxs shakllanishidagi roli. 4. Yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan tadbirlarning shaxs tarbiyasiga ta'siri. Yoshlar jamoasi - tarbiyaning eng muhim omilidir. Yoshlar jamoasining o'zi nima? Yoshlar jamoasi umumiy faoliyat maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir kismi bo'lgan va ana shu jamiyat maqsadlariga buysungan uyushmadir. Yuksak g'oyaviy yo'nalishga ega bo'lgan, umumiy maqsad, harakatlarning bir-biriga mosligi va uyushkokligi bilan bir butun, nixoyatda xamjihat, sog'lom hamda muayyan maqsadni kuzlovchi jamoani uyushtirish orqali tarbiyalash - yoshlarga tarbiya berishning asosiy tamoyillaridan biridir. Bunday yoshlar jamoasi tarbiyachining tayanch, yordamchisi, tarbiyaviy ta'sirning kudratli qurolidir. Jamoa va yoshlar ularning bir-biriga bog'liqligi g'oyat darajada cheksizdir. Chunki odam shaxs sifatida tugilmaydi, u individ sifatida dunega keladi. Odamlar yani ota-onalar, atrofdagi kishilar bilan bo'lgan muloqotda, o'zaro munosabatlarda shaxsga aylanadi. Bu narsa yasli yoshidagi bolalar orasida o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan. Agar katta eshdagi odamlar bola bilan munosabatda bulmasalar , bola bilan gaplashmasalar va uynamasalar, u aqliy va hissiy tarakkiet jihatdan keskin suratda orqada kolib ketadi. Shaxs ong egasi bo'lgan odamdir, ong esa fakat tabiiy hodisalar olaminigina aks ettirib kolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida tuplangan narsalar ilan munosabatda buladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini xam aks ettiradi. Abdulla Qodiriy, Chulpon, Usmon Nosir kabilar maktab o'quvchisi shaxsini tarkib topishiga ta'sir ko'rsatishda uning yaqin karindoshlari va xamkasblarining ta'sir ko'rsatishidan qolishmaydi. Bola o'yinga adabiy kaxramonga taklid qilishiga intilishi, munozaralarda katnashishi bularning xammasi maktab o'quvchisi shaxsini faoligining namoen bo'lishidir. Bola shaxsini tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bundan bola avvalo o'zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: Akidani uynagisi kelyapti. Undan keyin bolani o'z-o'zini anglashining sodda shakli sifatida o'z xarakter xislatlarini anglash yuzaga keladi. Lekin fakat yoshlar jamoasining boshqa a'zolari bilan buladigan munosabatdagina bolaning o'z-o'zini anglashi jamoada o'z rolini anglash darajasigacha kutariladi. boshqalar uni yaxshi eki yomon deb baho berishlarini tushungandan keyingina bola o'z-uziga baho berishni o'rganadi. Mana shunday yul bilan taklid qilish yuzaga keladi. Avval qisqa muddatli bazan tasodifiy jaraen sifatida, undan sung esa jamoaning etarli darajada faol ta'sir ko'rsatishi tufayli shaxsning xislati sifatida o'z-o'zini tanqid qilish xislati yuzaga keladi. Shuning uchun tarbiyaning muvaffakiyatli shartlaridan biri - shaxsni jamoada va jamoa orqali tarkib toptirishdir. o'smir o'z tengkurlari, jamoa hayoti va faoliyatida faol ishtirok etib, jamoa manfaatlarini kuzlab yashashiga hamda o'z xatti-harakatlarini ana shu jamoaga buysundirishga o'rganadi. o'quvchi fakat jamoada va jamoa ta'siri ostida jamoa o'zaro birdamlik munosabatlar tajribasini, ijtimoiy yo'nalishni taraqqiy ettirish, shaxs va jamiyat o'rtasidagi to'g'ri munosabatlar tajribasini egallaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.16 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.16 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga