Yoshlar tarbiyasiga kasbiy bayramlar orqali differensial yondashuv mezonlari M U N D A R I J A Mustaqillik va Navro'z bayramlari, «Sharq taronalari» musiqa festivaliga bag'ishlangan asosiy tomosha va tantanalarni tayyorlash bo'yicha teatr va televideniye rejissyorligi, badiiy-publitsistik stsenaristlik borasida ulkan tajriba to'plandi. Ana shu boy tajribalarni har tomonlama chuqur o'rganish, umumlashtirish va shu asosda yosh ijodkorlarni tarbiyalash bo'yicha zarur nazariy va o'quv-uslubiy bazani shakllantirish, bugungi talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan amaliy ishlarni keng yo'lga qo'yish bu muammolarni yechish imkonini berishi shubhasiz. Islom KARIMOV KIRISh O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalar bilan bir qatorda ma'naviy, madaniy, ma'rifiy hamda mafkuraviy jabhalarda tub sifat o'zgarishlarni vujudga keltirgan yangi tarixiy davr boshlandi. Xalqimizning milliy o'zligi, tili, dini, qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini tiklash, avaylab asrash, uni kelajak avlodga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bugun yurtimizda demokratik davlat, erkin va farovon hayot qurish yo'lida, - deb takidlaydi Prezident I.Karimov, - amalga oshirilayotgan katta-katta o'zgarishlarni nafaqat hayotimizni chetdan kuzatadigan odamlar, hatto g'animlarimiz ham inkor etolmaydi. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz I.Karimovning milliy ma'naviy tiklanish konsepsiyasi hamda taraqqiyotning o'zbek modeliga o'ziga xos tarzda yoshlarimizning dunyoqarashini rivojlantirish, ularning huquqlari, manfaatlarini himoya qilish borasida qator huquqiy baza yaratildi. 1991 yil 20 noyabrda O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risidagi Qonunining qabul qilinishi esa bu boradagi xususan, yoshlarning ijtimoiy va ma'naviy jihatdan yuksak darajada kamol topishiga qaratilgan davlatning muhim yo'nalishlarini belgilab berdi va uni amalga oshirishning qonuniy asosini yaratib berdi. Yoshlarimizni tarbiyasi borasida, ularni sog'lom turmush tarziga o'rgatishda, huquqbuzarliklarni oldini olishda, ish bilan band qilishda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, ta'lim to'g'risidagi, Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi, Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi qator qonun va dasturlarining qabul qilinishi va o'zining ijobiy natijalarini berayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz I.Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi Qarori mustaqillik yillarida olib borilgan yoshlarga, xususan ularning jamiyatda o'z o'rnini topishi borasidagi islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi sifatida bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Shu bilan birga xalqimizning asriy an'analariga, milliy qadriyatlarimizga, rivojlangan davlatlarning ilg'or tajribalaridan ijodiy foydalanib, o'zimiz tanlagan taraqqiyot tamoyillariga tayanib, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot asoslarini barpo etish, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish vazifasi oldimizga maqsad qilib qo'yildi. Zero, Demokratiyani harakatlantiradigan, uni amalga oshiradigan va rivojlantiradigan kuch - insondir: demokratiya faqat xalq hokimiyati bo'lib qolmay, u har bir inson, har bir jamoa ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
114.6 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
114.6 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc