Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy psixologik xususiyatlari mavzusida yozgan MUNDARIJA KIRISH ……3 I BOB. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmun va mohiyati …….7 1.1. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida…….7 1.2. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o'ziga xos xususiyatlari …….20 I bob bo'yicha xulosalar……33 II BOB. YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH USUL VA VOSITALARI ……34 2.1. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ta'sir qiladigan omillar ……34 2.2. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo'llaniladigan usul va vositalari ……42 II bob bo'yicha xulosalar…….…55 XULOSA……56 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI…….58 ILOVALAR……61 K I R I SH Bitiruv mаlаkа ishining dоlzаrbligi. Mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimiz tizimini takomillashtirish, uning saflarini vatanparvarlik ruhida tarbiyallangan, puxta harbiy tayyorgarlik va jangovar shaylik darajasi yuqori bo'lgan yosh mutaxassislar bilan to'ldirish yo'lida bugungi kunda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Qurolli Kuchlari tizimini yuqorida darajada jangovar tayyorgarlikka ega yosh malakali mutaxassislar bilan ta'minlash harbiy islohotlarning muhim yo'nalishlaridan biridir. Zero, puxta nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikka ega yosh mutaxassislarning salohiyati mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida har jihatdan taraqqiy etishi, mudofaa qudratini oshirishda hal qiluvchi omil sanaladi. O'zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida»gi Qonuni asosida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, bunda oila, o'quv muassasalari va mahalla hamkorligining o'rni muhim ahamiyatga egadir. Vatanparvarlik-kishilarning ona yurtiga, o'z vataniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo'lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg'u, ma'naviy qadriyatlardan biridir, deb ta'rif berilgan O'zbekiston Milliy ensiklopediyasida Vatanparvarlik - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikning asosiy tamoyillaridan biridir. «Vatan» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «ona-yurt» degan ma'noni anglatadi. Vatanga muhabbat, yurtga muhabbat har bir millat kishisiga xos bo'lgan muqaddas va ulug' qadriyatdir. Inson uchun na boylik, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik-inson uchun katta baxtsizlikdir. Vatanparvarlik har bir kishida o'z uyiga, tug'ilib o'sgan yeriga, ota-ona, aka-uka, opa-singillariga bo'lgan munosabatida aks etadi. Vatanparvarlik - bu umuminsoniy qadriyat bo'lib, har bir kishining Vatanga bo'lgan sodiqligini, sadoqatini ifodalaydi. Yoshlardagi harbiy vatanparvarlikni eng oliy tuyg'u sifatida o'tmishdagi buyuk ajdodlarimiz alohida qayd etganlar va o'zlari ham unga sodiq qolganlar. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va lashkarboshilar Temur Malik, Jaloliddin Manguberdilar hayoti va faoliyatini o'rganish hozirgi davrda ham o'z ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda aql-zakovatli davlat rahbari, ona-yurtning buyuk sarkardasi, yirik markazlashgan davlat hamda o'z davridagi jangovar va ilg'or armiyaning yaratuvchisi Sohibqiron ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.26 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.26 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc