Yoshlarning ma'naviy daxlsizligini ta'minlash - zamon talablari

Yoshlarning ma'naviy daxlsizligini ta'minlash - zamon talablari

O'quvchilarga / Pedagogika
Yoshlarning ma'naviy daxlsizligini ta'minlash - zamon talablari - rasmi

Material tavsifi

Yoshlarning ma'naviy daxlsizligini ta'minlash - zamon talablari. Reja: I bob. Yoshlar ma'naviyati va uni rivojlantirish omillari. I.1. Yosh avlod ma'naviyatini tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o'rni. I.2. Yosh avlod ma'naviyatini shakllantirishda ijtimoiy-siyosiy omillarning o'rni. I.3. Yoshlar ma'naviyatini rivojlantirishning huquqiy jihatlari. II bob. Jamiyat taraqqiyotining g'oyaviy omillari va yoshlar tarbiyasi. II.1. Yoshlarni salbiy mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish hayotiy zarurat. II.2. yoshlar ma'naviyatini shakllantirish borasidagi dolzarb muammolar va vazifalar. II.3. Yoshlar ma'naviy qashshoqlashishiga ta'sir etuvchi omillar. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Milliy ma'anaviyat va ma'rifat masalalarini ilmiy jihatdan keng ko'lamlarda konseptual tadqiq etish. Yoshlarning jamiyat hayotidagi o'rnini aniqlash. Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ma'naviy omillarning rolini belgilash. Mavjud muammolarni hal qilish yo'llarini ilmiy nazariy jihatdan asoslab berish. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ma'naviy omillarning rolini ijtimoiy falsafiy tadqiq etish - dissertatsiyaning asosiy maqsadini tashkil etadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilangan: qadimgi sharq hamda O'rta Osiyo falsafiy ta'limotlarida ma'naviyatga doir qarashlarning shakllaninsh tarixini tahlil qilish. jamiyat ma'naviy g'oyaviy rivojlanishining zamonaviy konsepsiyalarini tadqiq etish, ularning fan va ijtimoiy amaliyot rivojlanishidagi umumfalsafiy va metodologik ahamiyatini asoslab berish. Yoshlar ma'naviyatini shakllantirish va yanada yuksaltirishning zaminlarini ochib berish, ularning yoshlar ijtimoiy faolligiga ta'siri mexanizmlarini ko'rsatish. Yoshlar ma'naviyatini shakllantirish jarayonlarini tahlil etish orqali ularni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tarbiyalash zaruratini asoslash hamda bu boradagi muammolarni tadqiq etish. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: ma'anaviyat ijtimoiy-falsafiy hodisa sifatida, tarixiy tadrijiy hamda zamonaviy nuqtai nazardan o'rganildi, uning fan va ijtimoiy amaliyot rivojlanishidagi umumfalsafiy va metodologik ahamiyati asoslab berildi. yoshlar faolligining ortib borishi ishtimoiy qonuniyat jamligi yangi dalillar asosida isbotlandi va mazkur qonuniyatning demokratik jarayonlarni jadallashtirishga ta'siri ijtimoiy falsafiy jihatdan tadqiq etildi Yosh avlod ma'naviyatini tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o'rni. Mustaqillik tufayli madaniy ma'naviy hayotimizda uyg'onish yuz berdi, xalqimiz ezgu niyatlari ro'yobga chiqa boshladi, avlod-ajdodlarimiz bosib o'tgan tarixiy taraqqiyot yo'lini, faoliyatini chuqur o'rganishga muvaffaq bo'ldik. Muqanna, Temur Malik, Manguberdisingari milliy qahramonlarimiz hayoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldik. Shak-shubxasiz biz yashab turgab davr kelajak tariximiz uchun muhim ahamiyatga ega. Xalqimiz madaniy-ma'anaviy boyliklari milliy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirish hozirgi avlodning vazifasidir. Gap o'tmish madaniy-ma'naviy boyliklariga ega bo'lishdagina emas, balki uni chuqur egallab, yangi yksak bosqichga ko'tara bilishdadir. Milliy-ma'naviy qadriyatlarimizni o'rganishda va rivojlantirishda xalqimizning ko'p asrlik an'analari, madaniyati, urf-odatlari, bayramlari, boy qadimiy merosi o'zining alohida o'rni va ahamiyatiga ega. Xalqimizning asrlardan asrlarga meros bo'lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Qadriyat tushunchasi ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan ta'riflari ko'pgina ilmiy adabiyotlarda turli hil yondashuvlarning mavjudligi, ba'zan esa ularning butunlay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 231.95 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 231.95 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga