Yoshlarning ma'naviy-intellektual sifatlarini aniqlash va rag'batlantirish usullari

Yoshlarning ma'naviy-intellektual sifatlarini aniqlash va rag'batlantirish usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Yoshlarning ma'naviy-intellektual sifatlarini aniqlash va rag'batlantirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Yoshlarning ma'naviy-intellektual sifatlarini aniqlash va rag'batlantirish usullari Reja: 1. Yoshlarni ma'naviy-intellektual ragbatlantirishning maqsad va vazifalari. 2. Ma'naviy -intellektual sifatlarini zamonaviy usullarda aniklashning samaradorligi. 3. Oliy o'quv yurtlarida ragbatlantirishning o'ziga xos usullari. Yoshlarni mustaqil bilim olishga o'rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1X sessiyasida so'zlagan nutqida: Fakatgina chinakam ma'rifatli odam inson kadrini, millat qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda, o'zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib, obro'li o'rin egallash uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin, degan edi. Shu o'rinda ta'kidlamok lozimki, bugungi kunda yoshlarni ma'naviy-intellektual ragbatlantirishning ahamiyati kattadir. Yoshlarni tarbiyalash jarayonida ma'naviy -intellektual rivojlantirish sifatlarini aniklashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan. Ma'naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o'zgartishlar kiritadi. o'quvchi-yoshlarning, talabalarning ma'naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuk va kamchiliklarini ragbatlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritishi lozim. o'quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat mikyosidagi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni o'quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Bilimlarni nazorat qilishda ko'yilgan ball va baholar o'quvchi va talabada qanday taassurotlar koldirganini, ular o'rtoklarining o'qishdagi yutuk va kamchiliklariga qanday munosabatda bo'lishlarini doim kuzatib borish lozim. o'quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o'quv yili davomida har doim va muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy kilinib, ba'zan-ba'zan tasodifan tekshirishlarni oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi. Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uktiradi. 1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga karab davlat ta'lim standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat kilinadi va vazifalar belgilanadi. 2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchi talabalarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o'quv yurtlari oldida turgan ta'limiy maqsad bajariladi. 3. Ta'lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta'sir ko'rsatadi. Ularda ko'tarinki rux, o'z kuchiga bo'lgan ishonch va kizikishlar paydo bo'ladi. Shuning uchun ham o'zlashtirishni nazorat qilish ta'lim tizimining ajralmas kismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, og'zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmokda. Bu jarayonda og'zaki so'rash orqali o'zlashtirishni nazorat qilish keng tarkalgan. Bu asosan savol -javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so'rash, frontal so'rash kabi turlaridan foydalanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O'zbekiston kelajagi buyuk davlat va O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li, istiqlol va ma'naviyat kabi asarlarida mustaqil O'zbekistonning ma'naviy hayotining kelajagi haqida asosli yo'nalishlar belgilab berilgan. Jumladan mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligi alohida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.77 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.77 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga