Yoshlarning ongi va qalbini turli yot g'oyalardan asrashning ustuvor yo'nalishlari

Yoshlarning ongi va qalbini turli yot g'oyalardan asrashning ustuvor yo'nalishlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Yoshlarning ongi va qalbini turli yot g'oyalardan asrashning ustuvor yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Yoshlarning ongi va qalbini turli yot g'oyalardan asrashning ustuvor yo'nalishlari Tinchlikni saqlash va mustahkamlash masalasi umumbashariy muammodir. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy masalalari, birinchi navbatda, tinchlik-totuvlik holatidagina samarali hal etilgan. Shu boisdan xam yurt tinchligi - barqaror taraqqiyot garovidir. Tinchlikni saqlash muammosini o'z-o'zidan kishilarning xoxish-istagi, orzu-umidlari bilan hal bo'lib qolmaydi. Insoniyat uchun muqaddas bu qadriyat doimo izchil va qatiy harakatlar tufayligina erishilgan. O'z kindik qoni to'kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g'urur va iftixori yuksak bo'ladi. Islom Karimov Qadimiy diyorimizdan etishib chiqqan Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Qaffol Shoshiy, Abu Lays Samarqandiy, Burhoniddin Marg'inoniy, Abul Muin Nasafiy kabi buyuk ajdodlarimiz o'z taxalluslarini tabarruk yurt nomi bilan ataganlari Vatanga bo'lgan buyuk mehr-muhabbatning o'ziga xos amaliy ifodasidir. Mamlakatimizning ham ichki, ham tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga eng ustuvor masala sifatida qaralib, bu yo'lda tizimli va tadrijiy ravishda ulkan ishlar olib borilmoqda. Bu esa o'z navbatida davlatimiz suvereniteti, tinchligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini asrash, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini qurish va inson huquqlarini ta'minlash, umuman, barcha ezgu maqsadlarimizga etishning asosiy sharti va garovi bo'lib xizmat qilmoqda. Yurtboshimiz 2009 yil 31 avgustda Shahidlar xotirasi xiyobonida bo'lib o'tgan marosimda ulamolar, mahalla faollari va ziyolilar bilan bo'lib o'tgan suhbat chog'ida takidlaganlaridek: Biz hammamiz tinchlikni istaymiz, tinchlikni orzu qilamiz, lekin tinchlik uchun kurashish kerak, bu yorug' hayotni, farzandlarimizning kelajagini, ularning beg'ubor kulgisini har qanday xavf-xatarlardan asrashimiz lozim. Mana shunday muhim, bugungi kunimiz uchun g'oyat dolzarb fikrlarni odam larga yetkazish, bugungi emin-erkin hayot, to'kinlik va farovonlik o'z-o'zidan bo'lmayotganini tushuntirish zarur. Ayni paytda, bugungi murakkab zamonda bizning yutuqlarimizni ko'rolmasdan, osuda hayotimizni izdan chiqarishga urinayotgan yovuz kuchlarning mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Mavjud tahdidlarning mohiyatini anglash va yoshlarga yetkazish. Yurtimizga nisbatan bunday tahdidlar, avvalo, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilik, missionerlik hamda ommaviy madaniyat kabi hodisalar ko'rinishida namoyon bo'lmoqda. 1-ustuvor yo'nalish Mintaqada hozirgi kunda faoliyati kuzatilayotgan diniy ekstremistik guruhlar qatoriga «Turkiston islom harakati», «Islom jihodi ittihodi» va boshqa «Jihodchilar» jamoatlari, «Salafiylar» guruhlari, shuningdek, «Hizbut tahrir», «Akromiylar», «Nurchilar» va «Tablig'chilar» kiradi. Terrorchilarning jinoyatlari «Akromiylar» 2005 yilning may oyida Andijon shahrida terrorchilik harakatlarini amalga oshirdi Dunyoning turli nuqtalarida begunoh odamlar terrorizm qurboni bo'lmoqda Yoshlar terroristik harakat qurboni bo'lmoqda Aqidaparastlar yoshlarni o'qishiga qarshi bo'lib, turli usullar bilan ularni bilim olishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilmoqda. 2008 yil 12 noyabr kuni Qandahorda tolibonlar darsga borayotgani uchun 15 nafar o'quvchi va o'qituvchi ustiga kislota sepdi. 2008 yil dekabr oyida terrorchi o'zini portlatishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.04 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:32 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.04 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga