Yoshlik psixologiyasi Reja: 1. Yoshlik tushunchasi va uning yosh chegaralari 2. Jismoniy rivojlanish 3. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati 4. Psixologik xususiyatlar 1. Yoshlik tushunchasi va uning yosh chegaralari Yosh psixologiyasida yoshlik odatda jinsiy voyaga etish bilan boshlanib, kattalikning boshlanishi bilan yakunlanuvchi rivojlanish bosqichi sifatida belgilanadi. Bundagi birinchi chegara - fiziologik chegaradir. Ikkinchisi esa - ijtimoiy. Bu yosh davri murakkab va ko'pqirrali. Yoshlikni individ (fiziologik, biologik xususiyatlar va o'zgarishlar) yoki shaxs (ijtimoiy va psixologik jarayon) sifatida inson rivojlanishining ichki jarayonlari nuqtai nazaridan tadqiq etuvchi ko'plab yoshlik nazariyalari mavjud. Zamonaviy fanning fikricha, yoshlik muammosini rivojlanish omillari va ichki qonuniyatlarini inobatga olgan holda kompleks, har tomonlama o'rganish kerak. Bu juda qiyin, negaki psixologik rivojlanish surati va bosqichlari har doim ham ijtimoiy voyaga etish muddati bilan mos kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi bolalarning jismoniy rivojlanishi bir-ikki avlod oldingilardan ikki yilga tezlashgan. Akseleratsiya bilan bog'liq tarzda o'smirlik yoshi chegaralari «yashardi» u 14 - 14,5 yoshdayoq yakunlanadi. Shunga muvofiq tarzda yoshlik ham ertaroq boshlanadi. Yuqoridagilarga asoslanib, ilk yoshlikning quyidagi yosh chegaralarini belgilash mumkin - bu 14,5-17 yosh. 2. Jismoniy rivojlanish Erta yoshlik - inson jismoniy rivojlanishining yakunlanish davri. Tananing bo'yiga o'sishi o'smirlik yoshiga nisbatan sekinlashadi. Qizlar 16-17 (farq 13 oy) yosh orasida, yigitlar 17-18 yosh orasida (farq 10 oy) to'la bo'yga etadilar. Bolalar qizlardan vazn bo'yicha biroz ortda qolishi o'rnini qoplaydilar. Mushaklar kuchi juda tez ortadi: 16 yoshli bola bu jihatdan 12 yoshli boladan deyarli ikki barobar ustunlik qiladi. O'sish yakunlangandan so'ng taxminan bir yildan keyin odam kattalarga xos normal mushak kuchiga erishadi. Ko'p narsa, albatta, to'g'ri ovqatlanish va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishga bog'liq. Ayrim sport turlarida erta yoshlik - maksimal yutuqlar davridir. Keng tarqalgan tushunchalarga qaramay, jismoniy voyaga etish muddati irqiy va milliy xususiyatlar hamda iqlimga bog'liq emas. Lekin ovqatlanish sifatidagi tafovutlar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'siri bor. Bundan tashqari o'rta statistik me'yorlarning individual-fiziologik me'yorlar bilan mos tushmasligini nazarda tutish juda muhim. Ayrim to'la normal yoshlar rivojlanishda statistik muddatlardan juda o'zib ketadilar yoki ortda qoladilar. 3. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati Yosh yigit bola va katta yoshdagi odam o'rtasidagi oraliq holatda turadi. ²ayot faoliyatining murakkablashishi bilan yoshlarda nafaqat ijtimoiy rol va qiziqishlar doirasining miqdoriy kengayishi, balki ularning sifat o'zgarishi ham ro'y beradi. Unda kattalarga xos rollar, ulardan kelib chiqqan holda mustaqil javobgarlik me'yori paydo bo'ladi. Ko'pchilik bu yoshda allaqachon mehnat faoliyatini boshlaydi, hamma kasb tanlashni o'ylaydi va hokazo. Biroq kattalar mavqei elementlari bilan bir qatorda yoshlarda hali uning holatini bola holati bilan yaqinlashtiruvchi tobelik belgilari saqlanadi. Moddiy jihatdan hali ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 19:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 19:32 ]
Arxiv ichida: doc