Yozuv va fikrni yozma bayon qilishni o'rgatish

Yozuv va fikrni yozma bayon qilishni o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Yozuv va fikrni yozma bayon qilishni o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Yozuv va fikrni yozma bayon qilishni o'rgatish Reja: Yozuv va uning mohiyati Yozma nutq tushunchasi Fikrni yozma ravishda bayon qilish nutq faoliyatining turi. Yozma nutq texnikasini o'rgatish. Fikrni yozma ravishda bayon qilishni o'rgatish. Yozuv va fikrni yozma ravishda bayon qilishni o'rgatuvchi mashqlar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar izoxi. Yozuv - yozma shaklda fikr bayon etish, nutq faoliyatini turi Yozma nutq - nutq faoliyatining reproduktiv turi. Yozma nutq gapirish orqali shakllanadi. Inson avvalo aqlan biron bir fikr o'ylaydi so'ngra mazkur fikrni og'zaki yoki yozma bayon qiladi. Yozish texnikasi- tovush va xarf munosabatlari, xarflarning turlicha mano bildirishi, husnixat hamda imlo. Grafika - grafemalarning malum til uchun qabul qilingan qoidalar asosida qo'llash imkoniyatlarini o'rgatuvchi soha. Orfografiya - (yunoncha Orthas to'gri grapho yozaman) imlo, yozish qoidasi. Grafemalarining xar biring konkret holda qo'llash qoidalarini o'rganadi. Kallegrafiya - husnixat, chiroyli yozuv. Xarf - alfavitdagi belgi, tovushni ifodolovchi grafik timsol, tovushning yozuvdagi ifodasi. Yozma nutqni o'rganish - orfografik, yani to'gri yozish qoidalariga imlo qoidalariga amal qilgan holda og'zaki nutqda ifoda etilayotgan fikrlarni yozma shaklda bayon qilishni o'rgatish. Grafema - malum shaklga ega xarf, xarf birikmalari, tinish belgilari. Diktant - (lot dictare-yozish uchun aytish) - aytib to'rganda yozish. Aytib turib yozdiradigan ish. Diktant turlari - ko'z xotirasi, ogoxlantiruvchi, yoddan, erkin, eshitish va tarjima diktantlari. prinsip - Lotincha «Principium» - asos, negiz. O'quv jarayonini aks ettiruvchi metodik hodisani ifodalaydigan qonuniyat, qonun, mezon, me'yor. Morfologik prinsip - so'zning manoli qismi qanday talaffuz qilinishidan qatiy nazar xamma vaqt bir xil yoziladi. Fonetik prinsip - so'zning yozilishi, uning tovushlar soni va mazkur tilning grafika qoidalariga mos bo'ladi. Yozuv - deganda konkret tilga xos bo'lgan yozma nutq vositalari grafemalarni taniy olish, ularni qog'ozga tushira olish shu tilga xos bo'lgan grafikani, orfografiyani bilish tushuniladi. Yozma nutq deganda asosan ikki manoni anglash mumkin. Yozma nutq jarayon sifatida fikrni yozma ravishda bayon qilish, ifodalash va shu jarayonning natijasi bo'lgan matn manolarini ifodalaydi. Yozma nutq xar doim og'zaki nutq shaklida shakllanadi va yozma nutqni egallashda og'zaki nutq vosita, asos vazifasini bajaradi. Fikrni yozma bayon qila olish uchun alifbo xarflarini yozuvda to'gri ifodalash, tovush va tovush birikmalarini xarf va xarf birikmalari orqali ifodalash, so'z va so'z birikmalarining grafik timsollarini mano bilan boglay olish va qog'ozga tushira olish, tinish belgilarini qo'llay olish va nixoyat o'z fikrini mantiqli ketma-ket, ushbu til qoidalariga amal qilgan holda qog'ozga tushira olish lozim. Fikrni og'zaki va yozma bayon qilish nutq faoliyatining reproduktiv turiga kiradi. Fikrni yozma ravishda bayon qilish uni qog'ozga tushirish jarayonining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.69 KB
Ko'rishlar soni 30 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 19:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.69 KB
Ko'rishlar soni 30 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga